Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:40

Murod Jo‘raev bo‘lajak prezidentga islohot o‘tkazish taklifi bilan chiqdi


Umrining 21 yilini panjaralar ortida o‘tkazgan O‘zbekiston Oliy Kengashining sobiq deputati, Murborak shahrining sobiq hokimi Murod Jo‘raev O‘zbekistonning bo‘lajak prezidentiga iqtisodiy va siyosiy islohotlar o‘tkazishni taklif qildi.

Ozodlik elektron pochtasiga kelib tushgan maktubda Murod Jo‘raev o‘z nazarida o‘ta muhim deb bilingan siyosiy va iqtisodiy muammolarga to‘qqizta konkret echim yo‘lini ilgari suradi.

Jumladan, Murod Jo‘raevning ishonishicha, siyosiy muxolif partiyalar faoliyatiga izn berilishi, vazirliklar soni qisqarishi, daromad deklaratsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilinishi, erga egalik turi o‘zgarishi lozim.

63 yashar Murod Jo‘raev 1994 yilda hokimiyatni ag‘darishga urinishda ayblanib, hibsga olingan va mol-mulki musodara etilib, 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

OZOD-VIDEO: Сиëсий маҳкум Мурод Жўраев озодликка чиқди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:38 0:00

U o‘tgan yil noyabr oyida, AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining Samarqandda Islom Karimov bilan uchrashuvidan o‘n kun o‘tib¸ ozod etildi.

Murod Jo‘raev xalqaro huquq tashkilotlari O‘zbekiston qamog‘ida eng uzoq qolayotgan siyosiy mahbus deb e’tirof etilgan.

Murod Jo‘raev Ozod etilishidan 10 oydan ko‘proq vaqt o‘tib ilk bor Ozodlik bilan suhbatlashdi.

Ozodlik dastlab undan nima uchun aynan hozir O‘zbekistonda islohot o‘tkazish taklifi bilan chiqqanini so‘radi.

Мурод Жўраев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:28 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG