Линклар

Tojikistonda jazosi bitgan uch mahkum Dushanbedan o‘zini O‘zbekistonga jo‘natmaslikni so‘rayapti


Душанбедаги 3/4-сонли жазо колониясининг дарвозаси.

Душанбедаги 3/4-сонли жазо колониясининг дарвозаси.

Tojikistonda qamoq jazosi bitayozgan o‘zbekistonlik uch mahkum Dushanbe rasmiylaridan o‘zlarini vatanga jo‘natmaslikni iltimos qilmoqda.

Sakkiz yil avval chegarani noqonuniy buzgani uchun qamalgan ikki o‘zbekistonlik jazo muddati tugaganidan keyin O‘zbekistonga badarg‘a qilingudek bo‘lsalar, u erda qiynoqqa duchor qilinishi va yana qamalishi mumkinligidan xavotir izhor qilgan.

Dushanbedagi 3/4-sonli jazo koloniyasida qamoq muddatini o‘tayotgan Sherzod Qurbonov va Normahmad Ajabov bu boradagi iltimosnomalarini BMTning Tojikistondagi idorasi va inson huquqlari tashkilotlariga ham yo‘llaganlar.

O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatidan bo‘lgan Sherzod Qurbonov 27 sentabr kuni Ozodlikning tojik xizmati bilan suhbatda ularning qamoq muddati uch kun avval tugagani, ammo hujjatlari O‘zbekistonga jo‘natish uchun tayyor bo‘lgunicha koloniyada qolaverishlarini aytgan.

Qurbonovga ko‘ra, 2009 yili u xotini, bolalari hamda Normahmad bilan birgalikda qadamjolarni ziyorat qilish uchun piyoda yo‘lga chiqqan, biroq tojik-afg‘on chegarasidan o‘tmoqchi bo‘lgan paytda Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida ushlanib, sudlangan.

- Huquq-tartibot idoralari xotinim va ikki o‘g‘limni o‘sha paytda O‘zbekistonga jo‘natib yuborgandi, - deydi Sherzod.

Tojikiston Adliya vazirligining Jazoni o‘tash bosh boshqarmasi xodimi Ozodlikka mahkumlar Qurbonov va Ajabov taqiqlangan O‘zbekiston Islomiy Harakatiga a’zolikda ayblanib qo‘lga olingan, aynan shuning uchun ham vataniga qaytarilishdan qo‘rqishayotganini bildirdi.

Bu orada BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Dushanbe idorasiga xuddi shu kabi iltimos bilan boshqa bir o‘zbekistonlik mahkum ham murojaat qilgan.

O‘zbekiston Islomiy Harakatiga aloqadorligi uchun sudlangan O‘tkir Eshonqulov qamoqdan ozod qilinganidan keyin o‘zini O‘zbekistonga badarg‘a qilmaslikni so‘ramoqda. Eshonqulov mulohazasicha, agar u vataniga qaytarilgudek bo‘lsa, qiynoqqa duchor qilinishi ehtimoli katta.

Tojikiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan e’lon qilingan so‘nggi amnistiyaga muvofiq, mamlakat qamoqxonalarida bo‘lgan xorijiy davlat fuqarolari ozod qilib yuborilishi lozim.

Mazkur afv qarori asosida Tojikistonda 12 ming kishi amnistiya qilingan, ulardan 3 ming nafari qamoq jazosini o‘tayotgan kishilardir.

XS
SM
MD
LG