Линклар

logo-print

"Paxtaga chiqishga ham, chiqmaslikka ham haqqingiz bor. Ish beruvchining ham, davlat organlarining ham ishdan bo‘shatishga haqqi yo‘q. Bu qonunda belgilangan". Bu gapni Ozodlikka O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rasmiysi aytdi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi mamlakatda paxta terimiga majbur qilinayotgan vatandoshlardan qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish uchun "ishonch telefoni"ni tashkil etdi. Shuningdek, idora terimchilar mehnat sharoitlari yaxshilanishi yoki hech bir shaxs paxta terimiga majburlanishi mumkin emasligi to‘g‘risida maxsus axborot kampaniyasini boshlab yuborgani ma’lum bo‘ldi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi tarqatayotgan materiallarda o‘zbekistonliklarning hech qanday shartlarsiz paxta terimida ishtirok etishdan bosh tortishi huquqi borligi uqtirilgan.

Tashkilot xabariga ko‘ra, maxsus call-senterda paxta yig‘im-terimi va majburiy ijtimoiy mehnat munosabatlari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan har qanday boshqa savollar bilan ham murojaat qilishlari mumkin.

Ozodlik federatsiya e’lon qilgan 1092 yoki +998 (71) 200−06−01 raqamli “ishonch telefonlari” orqali qo‘ng‘iroq qilib, “Paxtaga chiqish majburiymi?” savolini berib ko‘rdi.

- Hurmatli fuqaro! Paxtaga chiqish – bu ixtiyoriy mehnat turiga kirib, unga sizni hech kim majburlay olmaydi: xohlasangiz chiqasiz, xohlasangiz chiqmaysiz. Bu majburiy emas! Bu masala bo‘yicha tuman inspektorlari bilan bog‘lanishingiz va batafsil gapirib berishingiz mumkin.Ular sizga qanday chora-tadbirlar ko‘rishingiz mumkinligini tushuntirib beradi, dedi kasaba uyushmalari federatsiyasi “ishonch telefoni” xodimi Muhammad Otabek.

Kasaba uyushmalari federatsiyasi “butun respublika bo‘ylab bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmasligi borasida banner, poster va flaerlar o‘rnatayotgani” haqida hamda bu masalada yuzaga kelgan muammolar bo‘yicha bepul yuridik xizmat tashkil etilganini xabar qilmoqda.

"Shaxs qo‘shimcha shartlarsiz terimdan bosh tortishga haqli. Huquqlaringiz buzilgan taqdirda ishonch telefonlariga murojaat qiling", deyiladi O‘zbekiston kuchalarida tortilgan bannerlandan birida.

Federatsiya yuristlari Ozodlik so‘roviga paxta terimiga majburlagan har qaysi tashkilot O‘zbekiston qonunlari asosida javobgarlikka tortilishini bildirdi.

- Paxtaga chiqishga ham, chiqmaslikka ham haqqingiz bor. Ish beruvchining ham, davlat organlarining ham ishdan bo‘shatishga haqqi yo‘q. Bu qonunda belgilangan. Siz ko‘rgan o‘sha bannerlarda Konstitutsiya, Kodeksdan iqtibos keltirilgan. Agarda sizni majburlayotgani bo‘yicha batafsil ma’lumot bersangiz, bizning ishchilarimiz chiqib vaziyatni o‘rganishadi, himoya qilish chorasini ko‘rishadi, dedi tashkilot yuristi Diyorbek.

Federatsiya yuristi paxtaga majburlash masalasida har bir shaxs prokuraturaga ham murojaat qilishi mumkinligini eslatib o‘tdi.

Xalqaro ekspertlar “Jahon banki” so‘rovi bilan O‘zbekistondagi bolalar va kattalar majburiy mehnatiga oid vaziyatni kuzatishni boshlashi munosabati bilan o‘tgan yil sentabrida ham O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi aholini kattalar va bolalarning majburiy mehnatidan foydalanmaslik, foydalanilgan taqdirda bunga ko‘rilajak jazodan ogohlantirgan edi.

Umumiy sarmoyasi bir trillion dollarga etuvchi xalqaro shirkatlar bolalar mehnati vositasida terilayotgani tanqid qilingan o‘zbek paxtasini boykot qilishi ortidan¸ O‘zbekiston hukumati 2013 yili mamlakat qonunchiligiga o‘zgartish kiritgan va 2015 yili BMT qoshidagi Xalqaro mehnat tashkiloti mutaxassislarining paxta mavsumini bevosita kuzatishiga ruxsat bergan edi.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab byudjetga qarashli tashkilot va muassasalar xodimlari paxta terimiga majburiy jalb etilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar kelmoqda.

XS
SM
MD
LG