Линклар

Isroilning sobiq prezidenti va bosh vaziri Shimon Peres chorshanba ertalab Tel-Aviv yaqinidagi kasalxonada olamdan o‘tdi.

92-yoshli Nobel tinchlik mukofoti laureati ikki hafta avval insultdan so‘ng 13 sentabrdan buyon Tel-Aviv yaqinidagi kasalxonada edi.

Peres 2007 yildan 24 iyul 2014 yilgacha Isroil prezidenti bo‘lgan. 1995 yildan to 1996 yil iyunigacha mamlakat hukumatini boshqargan.

Isroilning tashqi ishlar vaziri sifatida 1992 yilda Falastin Ozodlik Harakati rahbari Yosir Arofat bilan mahfiy muzokaralar olib borgan. Muzokaralar natijasida Osloda kelishuv imzolangan. Bu erishilgan yutuq natijasi o‘laroq Arofat, Peres va o‘sha paytdagi Isroil bosh vaziri Ishoq Rabinlarga Nobel tinchlik mukofoti berilgan.

13 sentabrda insult tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilganidan keyin sobiq prezidentning ahvoli yaxshilana boshlagani kuzatilgani xabar qilingan edi.

Biroq, qarindoshlari xabar qilishlaricha, 27 sentabr kuni Shimon Peresning ahvoli birdan yomonlashgan.

Shimon Peresni 1948 yilda Isroil davlatiga asos solgan siyosatchilar avlodining eng so‘nggi vakili deb ta’riflashadi.

U Isroil davlatidagi deyarli barcha asosiy lavozimlarni egallagan.

Shimon Peres 2007 yildan 2014 yilgacha Isroil prezidenti bo‘lgan.

Ikki marta bosh vazir sifatida hukumatni boshqargan.

Shuningdek, tashqi ishlar, ichki ishlar, mudofaa, moliya va aloqa vaziri lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

1994 yili Shimon Peres Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan edi.

Shimon Peres, o‘sha paytdagi Isroil bosh vaziri Isxak Rabin va Falastin rahbari Yosir Arafot Falastindagi tinchlik muzokaralari uchun Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor ko‘rilgan edilar.

Bu muzokaralar Falastinda boshqaruvni fuqaroviy hokimiyat qo‘liga o‘tkazish imkoniyatini bergandi.

Shimon Peres falastinliklar Isroilning "eng yaqin qo‘shnisi, ular eng yaqin do‘stlari bo‘lishlari mumkin", deb aytgan.

XS
SM
MD
LG