Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:29

Rahmon-Komilov uchrashuvida suv-energetika va chegaraga alohida e’tibor qaratildi


Tojikiston prezidenti bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘rtasidagi uchrashuvda suv-energetika va transport logistika sohalari, shuningdek fuqarolarning o‘zaro bordi-keldisi bilan bog‘liq masalalar faol va konstruktiv hamkorlik talab qiladigan masalalar ekanligi ta’kidlandi, deyiladi Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Imomali Rahmon Tojikiston poytaxti Dushanbega amaliy safar bilan kelgan Abdulaziz Komilov bilan 29 sentabr kuni uchrashdi.

Bu haqda xabar qilgan Tojikiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, ”tomonlar o‘rtasidagi konstruktivizm ruhida o‘tgan muloqot chog‘ida tojik-o‘zbek munosabatlarining joriy holati va istiqbolining barcha jihatlari, shuningdek, aloqalarni tobora kengaytirish yo‘llari muhokama qilingan”.

Aytilishicha, tomonlar ikki davlat o‘zaro aloqalarida keyingi paytda kuzatilayotgan ijobiy tendetsiyalarni, jumladan tovar ayirboshlash ko‘lamining ortganini, savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya ishining jonlanganini qoniqish bilan e’tirof etdilar, shuningdek, doimiy siyosiy maslahatlashuvlar hamda oliy va yuqori darajalardagi muloqotning muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv chog‘ida ikki qo‘shni davlat hamkorligining madaniy-gumanitar jihatini amalda jonlantirish bugungi kunning real ehtiyoji ekanligiga e’tibor qaratildi, deyiladi xabarda.

Tojikiston prezidenti matbuot xizmatiga ko‘ra, tomonlar mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qilar ekan, o‘z e’tiborlarini mintaqa xavfsizligi Maokaziy Osiyodagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning asosiy sharti ekanligiga qaratgan.

Tomonlar ikki davlatning tomirlari tarix qa’riga borib taqaladigan mushtarak ma’naviy qadriyatlar, do‘stlik va o‘zaro hurmatning boy an’analariga asoslangan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarini saqlab qolish va mustahkamlash muhimligiga e’tibor qaratdi.

XS
SM
MD
LG