Линклар

B.Choriev: "O‘zbekistonga qaytib ketishga tayyor holatda turibman"


Bahodir Choriev - Birdamlik xalq demokratik harakati lideri

Bahodir Choriev - Birdamlik xalq demokratik harakati lideri

"OzodNazar" ning navbatdagi sonida AQSh da yashayotgan muxolifatdagi Birdamlik xalq demokratik harakatining yetakchisi Bohodir Choriev O‘zbekistonning yangi hukumati ijozat bersa, Vatanga qaytishga va yelkama yelka ishlashga tayyorligini bildirdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Tojikistonga kutilmagan safari va prezident Imomali Rahmon bilan uchrashuvi hususida Choriev Toshkent Dushanbe bilan munosabatlarni tiklashga majbur ekanini aytdi.

Prezient Karimov vafotidan so‘ng O‘zbekistonni roppa-rosa bir oy davomida boshqarayotgan Shavkat Mirziyoev faoliyatiga baho berar ekan ularning barchasi o‘zing siyosiy ahamiyatini oshirishga qaratilganini qayd etdi Bohodir Choriev.

Birdamlik lideri 21 yillik qamoq jazosidan ozod bo‘lgan, muxolifatdagi Erk partiyasining sobiq a’zosi, Muborak shahrining sobiq hokimi va parlament deputati Murod Jo‘raevning bildirgan takliflariga o‘z munosabatini bildirdi.

XS
SM
MD
LG