Линклар

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning vafotidan so‘ng tashqarida yashayotgan o‘zbekistonlik faollar mamlakatning yangi hokimiyati bilan muloqotga kirishishga urinmoqda.

Bunday istak kuni kecha Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkilotining Varshavada o‘tgan yillik yig‘inida ham bildirildi.

YeXHT anjumanida “O‘tyuraklar klubi” rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva ham ishtirok etdi.

Tojiboeva 2005 yil mayida sodir bo‘lgan Andijon fojiasidan so‘ng hibsga olingan 2006 yili 8 yilga ozodlikdan mahrum etilgan va 2008 yili xalqaro tashkilotlar bosimi ostida ozod qilingan.

Bosh qarorgohi Fransiyada joylashgan ASAT-France tashkilotining Endjel-Tertr nomidagi mukofoti hamda AQSh Davlat departamentining "Jasoratli ayol" mukofoti laureati, keyingi yillarda Fransiya bergan siyosiy boshpanada istiqomat qilayotgan Mo‘’tabar Tojiboevaning aytishicha, O‘zbekiston hukumatidan, hozircha, tashqaridagi faollarning takliflariga ijobiy reaktsiya sezilmayapti.

Ozodlik Mo‘’tabar Tojiboevaga bir necha savol bilan murojaat qildi.

Mo‘’tabar Tojiboevadan G‘anixon Mamatxonovga oid yangilik:

Farg‘onalik huquq faoli G‘anixon Mamatxonovning nomi bir necha yildan buyon mahalliy va xalqaro huquqni himoya qilish tashkilotlari hisobotlarida O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslar qatorida zikr etib kelinadi. G‘anixon Mamatxonovning himoyasi uchun jahon bo‘yicha 178 ta tashkilot a’zo bo‘lgan va qarorgohi Parijda joylashgan Inson huquqlari xalqaro federatsiyasi (FIDH) kurashib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG