Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:16

Mirziyoev: "Prezidentimiz yaratib bergan nurli yo‘ldan qayrilmaymiz"


Shavkat Mirziyoev
Shavkat Mirziyoev

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev marhum prezident Islom Karimov yaratib bergan “nurli yo‘ldan” qaytmasligini bildirdi.

Shavkat Mirziyovning bu mavqesi 1 oktabrda Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi “Iroda niyati” nomli xo‘jalikda mahalliy fermerlar bilan uchrashuvi chog‘ida yangradi.

“O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida namoyish etilgan telelavhada Shavkat Mirziyoev mamlakatning turli mintaqalariga safarlaridan yagona maqsadi – odamlar tinchligini saqlash ekanini aytdi:

Hamma yerga borib, odamlar bilan tik gaplashishimizdan maqsadimiz bitta – odamlar tinch yashashi kerak. Prezidentimiz yaratib bergan nurli yo‘ldan qayrilmaymiz. Hech kim bizni buriltirolmaydi, sinmaymiz ham. Mana shu - eng katta masala. Hech qachon sinmaymiz!” dedi Shavkat Mirziyoev.

Шавкат Мирзиëев Сирдарëга борди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:20 0:00

(Mazkur video tasvirlar "O‘zbekiston" telekanalining "Axborot" dasturidan olindi)

Shavkat Mirziyoev, marhum prezident, o‘z ta’birida, “yonimizda turgandek”, deb aytdi.

Mana shu prezidentimiz hayot. Barqaror shuni davom qilamiz. Har kuni shu inson bilan maslahat qilib, yonimizda turgandek... Yonimizda maslahat berib... Faqat ular ruhi shod bo‘lib, hayotda bekor yashamagan ekan-ku men, degan shu niyatlarini biz shu eshitsak... Baribir shu xudo taolodan eshitamiz. Xudo taolodan nima hisobidan eshitamiz? Xalqimiz roziligidan. Agar xalqimiz rozi bo‘lsa, prezidentimiz ana shu niyatlari amalga oshadi. Ana shu uchun biz butun vujudimiz bilan harakat qilamiz,” dedi O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi.

Fermerlar bilan uchrashuvi chog‘ida Shavkat Mirziyoev O‘zbekiston hukumati kelajakda terib olingan paxtaning 70 foizini paxtaga ixtisoslashgan tumanlarning o‘zida qayta ishlashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Biz qaror tayyorlayapmiz. Har bir paxta ishlab chiqarayotgan rayonda 70 foiz paxta tolasini rayonda ishlab chiqaramiz. Fabrikalar quramiz. Buyum chiqarayotgan. Oxirgi mahsulot chiqarayotgan. Fermerni o‘sha tekstil kombinatning a’zosi qilamiz. Keladi shu kunlar,” deya ishonch bildirdi Mirziyoev.

Elektr energiyasi va uy-oy

Sirdaryo viloyatiga safari jarayonida Shavkat Mirziyoev Shirin shahrida joylashgan Sirdaryo Issiqlik Elektr Stansiyasini (IES) ham ko‘zdan kechirdi.

35 yil muqaddam foydalanishga topshirilgan ushbu IES O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining uchdan birini beradi.

Marhum prezident Islom Karimov qaroriga muvofiq, 2014 iyulidan 2015 yil martiga qadar IESda mavjud o‘nta energoblokdan ikkitasi qayta ta’mirlangan.

"O‘zbekiston" telekanali "Axborot" dasturida xabar berilishicha, Shavkat Mirziyoev mutaxassislar bilan uchrasharkan IES quvvatini oshirish masalalarini muhokama qilgan.

Shavkat Mirziyoevning Sirdaryo issiqlik stantsiyasiga safari O‘zbekiston aholisi kuz va qish mavsumlarida surunkali elektr taqchilligiga duch kelayotgan bir davrga to‘g‘ri kelmoqda.

2010 yilda O‘zbekiston Markaziy Osiyo Yagona energetika tizimidan chiqqanidan buyon mamlakatda ayniqsa kuz va qish mavsumlarida gaz va elektr taqchilligi kuzatilmoqda.

O‘zbekiston hukumat energiya mustaqilligiga to‘la erishganini ta’kidlasa-da, qishda mamlakatning deyarli barcha shahar va qishloqlari o‘tin va ko‘mirga o‘tadi.

"Axborot" dasturiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoev Sirdaryo viloyati markazi - Guliston shahrida kam ta’minlangan oilalar uchun ko‘p qavatli uylar qurish loyihalari bilan ham tanishib chiqqan.

XS
SM
MD
LG