Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:27

Yaqin oylarda MH17 ni urib tushirganlar aniqlanib, javobgarlikka tortiladi


MN17 reysi bilan Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchgan Boeing 777 uchog‘i 2014 yil iyul oyida Ukrainaning sharqida urib tushirilgan edi.
MN17 reysi bilan Amsterdamdan Kuala-Lumpurga uchgan Boeing 777 uchog‘i 2014 yil iyul oyida Ukrainaning sharqida urib tushirilgan edi.

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Juli Bishop ikki yil avval Ukraina sharqida Malaysia Airlines shirkatining MH17 reysini otib tushirganlarning shaxsi 2016 yil oxirigacha aniqlanishi mumkinligini hamda ular javobgarlikka tortilishini aytdi.

Bishop Avstraliyaning ABC TV telekenaliga 2 oktabr kuni bergan intervyusida “yil oxirigacha, balki keyingi yil boshida javobgarlikka tortilishi kerak bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi, buning ortidan ular javobgarlikka tortiladi”, dedi.

28 sentabr kuni Xalqaro tergov guruhi bortida 298 odam bo‘lgan uchoqni Ukraina sharqida ayirmachilar boshqaruvidagi hududdan otilgan rus raketasi urib tushirgan, deb topilganini e’lon qildi.

Halok bo‘lganlarning aksari niderlandiyaliklar bo‘lsa-da, ular orasida 28 avstraliyalik ham bo‘lgan.

Moskva tergov guruhi xulosalari yakuniy emasligini ta’kidladi. Kreml uchoqni Ukraina armiyasi urib tushirganini iddao qilib keladi.

Bishop Xalqaro tergov guruhi hisoboti Moskva iddaolariga zid ekanligini aytdi.

Malaysia Airlines ning MN17 reys bilan Amsterdamdan Kuala-Lumpurga yo‘nalgan Boeing 777 uchog‘i 2014 yil iyulь oyida Ukrainaning sharqida urib tushirilgan edi.

Bishop ruslarning halokat haqidagi iddaolari ehtimoldan uzoqligini va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidladi.

Vazir agar Rossiya gumonlanuvchilarni jazolashga chorlovchi BMT rezolyutsiyasiga qarshi chiqsa, “Lokerbi uslubidagi” tergov amalga oshirilishi mumkinligini qo‘shimcha qildi. 1998 yil Shotlandiyaning Lokerbi shahri ustida Pan Am shirkati uchog‘ini urib tushirganlar maxsus tribunal yordamida javobgarlikka tortilgan edi.

XS
SM
MD
LG