Линклар

logo-print

Toliblar Qunduz shahriga hujum qildi, janubda Lashkargoh tumanini egallab oldi


Afg‘oniston. Qunduz shahri politsiyasi vaziyatni nazorat qilmoqda. 2016 yil, 3 oktabr.

Afg‘oniston. Qunduz shahri politsiyasi vaziyatni nazorat qilmoqda. 2016 yil, 3 oktabr.

Afg‘oniston rasmiylarining bildirishicha, toliblar mamlakat shimolidagi Qunduz shahriga hujum qilgan hamda janubda joylashgan tumanni bosib olgan. Jangarilar 3 oktabr kuni tunda Qunduzga to‘rt tarafdan hujum qilgan, hukumat kuchlari bilan to‘qnashgan.

Qunduzda politsiya ishlarini muvofiqlashtirish ofisi yetakchisi Muhammadulla Bahej jangarilar siqib chiqarilganini, lekin shahar chetida to‘qnashuvlar davom etayotganini bildirdi.

Toliblarning matbuot kotibi Zabihulla Mujohid jangarilar shahardagi bir necha nazorat punktini egallab olganini aytdi.

Afg‘onistonning Qunduz shahrida hukumat kuchlari bilan “Tolibon” harakati jangarilari o‘rtasida keskin janglar bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qiladi France-Presse agentligi. Mahalliy politsiya qo‘mondoni Shira Ali Kamol gaplariga qaraganda, jangarilar bugun yarim kechasi bir nechta yo‘nalishda shaharga kirib kelishgan.

Kamol shahardagi janglar davom etayotgani va xavfsizlik kuchlari jangarilarni siqib chiqarish uchun qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatlarni ishga solishganlarini qo‘shib qo‘ydi.

Reuters axborot agentligi xabar berishicha, shahar ko‘chalarida ayni vaqtda Kalashnikov avtomatlari, miltiqlar, pulemyotlar va granatometlar bilan qurollangan “Tolibon” jangarilari kuzatilgan. Bo‘shab qolgan shahar osmoni uzra, xabar berilishicha, shuningdek ikkita Afg‘on harbiy vertoleti ham uchib yurgan.

Qunduzgacha bo‘lgan ana shu hujumgacha “Tolibon” jangarilari mamlakatning bir qator boshqa qismlarida ham hujumlar uyushtirishgan bo‘lib, ular qatorida Hilmand viloyati va uning ma’muriy markazi bo‘lmish Lashkargoh shahri ham bor.To‘qnashuv davomida mahallaiy politsiya etakchisi halok bo‘lgan.

Bir yilcha oldin Qunduz bir necha kun davomida “Tolibon” nazorati ostida bo‘lgan edi. O‘shanda BMT ma’lumotlariga ko‘ra, janglarda 289 kishi halok bo‘lgan va yuzlab odamlar yaralangan edi. O‘sha vaqtdan beri toliblar ana shu shaharga bir necha bor hurujlar uyushtirishgan.

Politsiya rasmiysi Nava viloyatida harbiylar jangarilar bilan jang qilayotganini bildirdi.

4 oktyabrь kuni Bryusselda Afg‘onistonga yordam berish masalalarini ko‘rib chiqish uchun xalqaro donor konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG