Линклар

logo-print

Namangan viloyati hokimiyati O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning tashrifiga ikki kundan buyon jadal tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Viloyat hokimiyatidagi Ozodlik manbasining aytishicha, hokimiyat Shavkat Mirziyoev ochishi kutilayotgan Namangan shahri Chorsu dahasidagi yangi sport kompleksini tozalash ishlariga o‘nlab ishchilarni jalb qilgan.

Tashkiliy ishlar bilan viloyat orgotdeli shug‘ullanayapti. Namanganning Uychi ko‘chasida uylar buzilayotgandi. Gumbaz madrasasidagi hujralarni buzib, o‘rniga sport kompleksi qurishni rejalashtirgan edik. Sport kompleksi bitdi, tayyor. Kompleks o‘ngidagi favvoralar ham bitdi. Diametri 14 metrli gumbaz ichiga iste’dodli yoshlar uchun galereya quradigan bo‘ldik. U yerda ham rekonstruksiya ishlari bajarildi,” dedi Namangan viloyatidagi Ozodlik manbasi.

Gumbaz madrasasi iste’dodli yoshlar galereyasiga aylantirildi

Gumbaz madrasasi iste’dodli yoshlar galereyasiga aylantirildi

Uning ilova qilishicha, Shavkat Mirziyoevni “munosib kutib olishga shaxsan viloyat hokimi” boshchilik qilayotir.

Ozodlik suhbatlashgan Chorsu dahasida istiqomat qiluvchilardan birining aytishicha, dahadagi Chorsu bozori atrofida xavfsizlik choralari “nihoyatda kuchaytirilgan”.

Chorsu atrofida xavfsizlik nihoyatda kuchaytirilgan. Yakshanba kuni shaxsan viloyat hokimining o‘zi o‘nlab odamlari bilan kelib, Mirziyoevning kelishiga tayyorgarlik qanday borayotganini tekshirdi. Uning ko‘ziga ko‘rinmasligi uchun Uychi ko‘chasida buzilayotgan uylar atrofiga shiferlar urib chiqishni buyurdi. Kecha kechasi bilan shiferlarni o‘rnatishdi. Bugun ertalab Chorsu mehmonxonasi atrofiga ham asfalt yotqizishni boshlashdi,” deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.

Ozodlik mobil muxbiri buzilayotgan uylarni o‘ragan shiferlar va asfalt yotqizish ishlari tasvirlangan suratlarni yubordi.

Chorsu mehmonxonasi atrofiga asfalьt yotqizilmoqda

Chorsu mehmonxonasi atrofiga asfalьt yotqizilmoqda

Ozodlik suhbatlashgan yana bir namanganlik Mirziyoev bahonasida chang yo‘llar obod bo‘layotganidan xursandligini aytdi.

"Chorsu mehmonxonasi atrofi chang bosib yotardi. Mirziyoev borib qolishi mumkin, deb, hokimiyatdagilar mehmonona atrofini tezda asfaltlashga buyurdi. Shu bahonada yo‘llar ham epaqaga kelib qoldi," dedi u.

Namangan shahrini obodonlashtirish rejasiga muvofiq, 2.6 kilometr masofada yo‘l yoqasidagi uy va noturar joylar butunlay buzib tashlanmoqda.

Buzilayotgan uylar shiferlar bilan berkitilmoqda

Buzilayotgan uylar shiferlar bilan berkitilmoqda

25 iyulda 396 xonadonni buzish ishlari boshlanishi ortidan uyi buzilayotganlarning ba’zilari boshpanasiz qolish ehtimolidan xavotirga tushgan.

Rejaga muvofiq, 900ga yaqin xo‘jalikka Namangan shahri chetidan bo‘sh er uchastkalari ajratib berilishi, kelajakda bu uylar o‘rniga 25ta ko‘p qavatli turar joy binolari barpo etilishi lozim.

XS
SM
MD
LG