Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:49

Toshkentda shahar ahli va viloyatlardan kelganlar “elakdan o‘tkazilmoqda”


Sentabrning so‘nggi haftasidan boshlab Toshkent shahrida ichki ishlar bo‘limlari, korxona, tashkilot va muassasalar vakillaridan iborat 10-15 kishilik maxsus guruhlar uyma-uy yurib pasport rejimini tekshirish, bo‘sh turgan uylarni aniqlash, uy-joyni ijaraga berish tartibiga rioya qilinishi kabi masalalar yuzasidan keng qamrovli tekshiruvlar o‘tkazmoqda.

Tekshiruvlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishga oid qonunga o‘zgartishlar kiritilgan, ya’ni propiskadan o‘tish yanada kuchaytirilgan paytga to‘g‘ri keldi.

Shubhali nogiron

- O‘tgan kuni ko‘chada bir nogiron odam ketayotgan edi, uni mahalla uchastkavoyi to‘xtatib, hujjatlarini so‘radi. Hujjatlari yo‘q ekan, o‘zi bomjlarga o‘xshab kiyinib olgan ekanu lekin qo‘lida - qimmat telefon. Shuning uchun uchastkavoy shubhalanib, nogironni mashinaga o‘tqazdi-da, ROVDga olib borib topshirdi. Bu voqea Aeroport hududi, Oltin vodiy mahallasi Vengriya ko‘chasida bo‘ldi, deb hikoya qildi Toshkentning Sirg‘ali tumanida tuzilgan tekshiruv guruhlaridan birining a’zosi.

Sirg‘alida tekshiruv

Bu tmanda tuzilgan tekshiruv guruhlaridan biri a’zosining ovozi eshittirilmasligi sharti bilan Ozodlikka aytishicha, tekshiruv guruhida “ichki ishlar bo‘limi vakili, jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi, mahalla uchastkovoyi, sanepidemstantsiya va kommunal xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, mahalla poliklinikasi vakillari va boshqalar – taxminan 14 kishi bor”.

Guruh vakiliga ko‘ra, tekshiruvchilar o‘rganadigan masalasiga qarab 3 ga bo‘lingan.

“Jinoyat qidiruv vakili qatnashadigan birinchi guruh, asosan, pasport tekshiradi. Uyda birov yashayaptimi-yo‘qmi, ijarachi bormi-yo‘qmi, bo‘lsa shartnomasi bormi, soqollilar bormi, xullas, shunga o‘xshash ishlarni o‘rganadi. Ikkinchisi kommunal xizmatlardan qarzdorlikni o‘rgandi, uchinchi guruh saylovchilar ro‘yxatini tuzadi”, dedi Tekshiruv guruhi vakili.

Uning aytishicha, Tekshiruv guruhining ustidan ham tekshiruv bor.

“Har kuni ertalab prokuratura vakili kelib, kim bor, kim yo‘qligini ko‘rib, otchyotlarni tekshirib ketadi”, dedi Tekshiruv guruhi a’zosi.

Sebzorda ham, Olmazorda ham tekshiruv

Huquqshunos Gulnora Oqilova yashaydigan Sebzor mahallasidagi ko‘pqavatli uylarda ham tekshiruvlar davom etmoqda. Uning aytishicha, tekshiruvlar boshlanganiga bir hafta bo‘ldi.

Tekshiruvchilar nimalarga e’tibor berayotgani, qoidabuzarlarga qanday choralar ko‘rilayotganini Ozodlikning Toshkent shahar Olmazor tumanidagi mahallalardan biridagi manbasidan olingan quyidagi hisobotdan yaqqol ko‘rish mumkin.

Bu mahallada “tadbir”, ya’ni tekshiruv 24 sentabrda boshlangan.

Demak, o‘shandan buyon:

1. O‘rganilgan turar-joylar – 3 sentabrda 34 ta, tadbir boshidan buyon 397 ta;

2. O‘rganilgan shaxslar soni -3 sentabrda 199 kishi, tadbir boshidan buyon 2892 kishi;

3. Propiskasi bo‘yicha yashamayotgan shaxslar soni - 3 sentabrda 6 kishi, tadbir boshidan buyon 73 kishi;

4. Egasi bor, lekin bo‘sh turgan xonadonlar soni - 3 sentabrda 2 ta, tadbir boshidan buyon 5 ta;

5. Ijaraga berilgan xonadonlar soni - tadbir boshidan buyon 1 ta.

6. Ijara shartnomasi tuzilmasdan ijaraga berilgan xonadonlar soni - tadbir boshidan buyon 1 ta.

7. Ijara shartnomasi tuzilmasdan ijaraga berilgan xonadonlarda yashayotgan shaxslar soni - tadbir boshidan buyon 2 nafar.

8. O‘rganish jarayonida turar-joyni berish tartibini buzgan xonadon egalariga nisbatan 1 ma’muriy bayonnoma tuzildi;

9. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-moddasini (Turar joylardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan texnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish) buzganlarga nisbatan qo‘llanilgan ma’muriy jazo –jarimalar miqdori – tadbir boshidan buyon 748 880 so‘m;

10. Propiska yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashayotgan shaxslar soni - tadbir boshidan buyon 2 kishi;

11. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223- (Pasport tizimi qoidalarini buzish) hamda 225- (O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish) moddalarini buzganlarga 898 656 so‘m jarima solindi.

Nazoratning bu qadar kuchaytirilishi sabablarini so‘rash uchun Toshkent shahar hokimligi mulozimlari bilan bog‘lanishga urinishlarimizdan ish chiqmadi.

O‘quv yurtlarida ham tekshiruv

Ozodlikka kelayotgan xabarlardan poytaxtdagi o‘quv yurtlarida ham nazorat kuchaytirilganini tushunish mumkin.

“Xavfsizlik rejimi kuchaytirildi. Pasport rejimi. Hammani tekshirishayapti, qaerda yashaysan, kim bilan yashaysan va hokazo. Viloyatlardan kelgan talabalar qaerda va kim bilan yashashi to‘g‘risida to‘liq hisobot berishi lozim. Agar talaba ijaraga uy olsa, uning uyini uchastkovoy, talabaning dekani, dekani o‘rinbosari, kuratori kelib uning qanday sharoitda yashayotganini ko‘rishi, talaba bilan birga suratga tushishi kerak”, deyilgan Ozodlikka kelgan rus tilidagi xatda.

Tekshiruvlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilishga oid qonunga o‘zgartishlar kiritilgan - propiskadan o‘tish yanada kuchaytirilgan paytga to‘g‘ri keldi.

Endilikda, tilga olingan hududlarda doimiy propiskadan o‘tgan fuqarolarning xotini (eri), ularning voyaga yetgan, lekin o‘z oilasiga ega bo‘lmagan farzandlari, voyaga yetmagan farzandlari yoki xotinning (erning) oldingi nikohidan farzandlari yoxud nikohsiz tug‘ilgan farzandlari, shuningdek, asrab olingan farzandlaridan tashqari qarindosh-urug‘lari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida domiy propiska qilinmaydi.

Shu paytgacha tilga olingan hududlarda doimiy propiskadan o‘tgan fuqarolarning birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlarining barchasi doimiy propiskadan o‘tkazilishi mumkin edi.

28- modda

Inson huquqlari himoyachilari Sovet davridan qolgan propiska tizimi O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, nafaqat bekor qilinmagani, balki favqulodda kuchaytirilganini, mamlakat Konstitutsiyasining 28- moddasida belgilab qo‘yilgan bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi buzilayotgani to‘g‘risida bong urib keladilar.

XS
SM
MD
LG