Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:21

Hofiz Dadaxon Hasan: "Mirziyoevga mamnuniyatla ovoz beraman"


O‘zbekistonda taniqli hofiz Dadaxon Hasan shu yil 4 dekabrida mamlakatda bo‘lajak prezident saylovida o‘z rayini prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevga ovoz bermoqchi.

Bu haqda hofiz Ozodlik bilan suhbat paytida ma’lum qildi.

Dadaxon Hasan O‘zbekistondagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy vaziyatga o‘z mavqesini qo‘shiqlari orqali ifodalash bilan tanilgan.

1960-yillarda lirik qo‘shiqlari bilan o‘zbeklar orasida tanilgan Dadaxon Hasan 80-yillar oxirlariga kelib o‘zining siyosiy qo‘shiqlari bilan shuhrat topdi.

U milliy-ozodlik ruhidagi qo‘shiqlari uchun Sovet davrida ta’qiblarga uchragan.

Jumladan, 1976 yilda Toshkentdagi Sverdlov nomidagi konsert zalida o‘tgan konsertdan keyin Dadaxon Hasanov militsiya tomonidan ushlanib, besh kun davomida vaqtinchalik saqlash kamerasiga qamab qo‘yilgandi.

90-yillar boshida Dadaxon Hasan qamoqqa olinib, Ichki ishlar vazirligi yerto‘lasiga tashlandi.

76 yoshli Dadaxon Hasan 2005 yilgi Andijon hodisalariga bag‘ishlab qo‘shiq kuylagani uchun prezident Islom Karimovni haqorat qilganlik va jamoat xavfsizligiga tahdid solganlikda ayblannib, uch yilga shartli jazoga hukm qilingandi.

1992 yildan boshlab Dadaxon Hasanovga O‘zbekiston televideniesi va radiosidagina emas, balki to‘ylarda va ko‘pchilik to‘plangan boshqa joylarda ham qo‘shiq kuylash taqiqlangan.

Ko‘p yillar davomida prezident Karimov siyosati tanqidchisi bo‘lgan hofiz nega Karimov siyosatini davom ettirishga va’da bergan Mirziyoevni qo‘llab-quvvatlamoqchi?

OzodNazar ruknida Dadaxon Hasan bilan suhbatni tinglang.

Ҳофиз Дадахон Ҳасан билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:35 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG