Линклар

logo-print

Farg‘onada bog‘cha mudirasini tungi selektorga borayotganida mashina bosib ketdi


O‘zbekistonda har yili paxta mavsumi payti paxtaga majburan jalb qilingan ishchilar bilan turli baxtsiz hodisalar ro‘y bergani kuzatiladi.

O‘zbekistonda har yili paxta mavsumi payti paxtaga majburan jalb qilingan ishchilar bilan turli baxtsiz hodisalar ro‘y bergani kuzatiladi.

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanidagi 1- bog‘cha mudirasi Gulnoza Xoldorova 29 sentabr kuni kechqurun tuman hokimligidagi paxta terimiga bag‘ishlangan selektor majlisiga ketayotganida mashina urib halok bo‘ldi.

Voqea guvohlarining Ozodlikka aytishicha, fojea Uchko‘prik tumani markazidagi Navro‘z shohko‘chasida 29 sentabr kuni kechqurun soat 9 yarimda ro‘y bergan.

Ayol yo‘lni piyodalar o‘tish joyi bo‘lmagan qismidan kesib o‘tayotganida Nexia mashinasi urib yuborgan.

- Hokimiyatning berirog‘ida urib yubordi uni. U ayolning uyi katta yo‘lning bo‘yida. Selektorga shoshib ketayotgan bo‘lgan. Qorong‘uda yo‘lni kesib o‘tayotganida Nexia mashinasi urib yuborgan. Ayol shu zahoti o‘ldi. Haydovchini militsiya bo‘limiga olib ketishdi, - dedi ismi sir qolishini istagan uchko‘priklardan biri.

Farg‘ona viloyati huquq-tartibot idoralaridagi ismi sir qolishini istagan mulozim Ozodlik bilan suhbatda 37 yoshli Gulnoza Xoldorovaning o‘limi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilib, “baxtsiz hodisa” sifatida rasmiylashtirilganini aytdi.

- Bu ayol selektor majlisiga shoshib katta yo‘lning piyodalar o‘tishi mumkin bo‘lmagan qismidan o‘tayotganida uni Nexia 1 mashinasi urib yuboradi. Hozircha bu xolat baxtsiz hodisa sifatida malakalandi, - dedi farg‘onalik mulozim

Lekin, O‘zbekistondagi paxta mavsumini muntazam kuzatib kelayotgan Inson huquqlari himoyachilari alьyansi rahbari Yelena Urlaeva uchko‘priklik bog‘cha mudirasi “majburiy paxta terimi qurboni” bo‘lgan, deb hisoblaydi.

- Bizningcha bu ayol O‘zbekistondagi majburiy mehnatga asoslangan paxta kampaniyasining qurbonidir. Uning o‘limi paxta bilan bog‘liq, deb hisoblaymiz. Chunki hozir byudjet tashkilotlari rahbarlari uyidan ishga, ishdan paxta terimiga, paxta terimidan tungi 2 gacha davom etadigan selektor yig‘inlariga shoshadi. Har bir tashkilot rahbari o‘z xodimlarini paxta tergani haqida hokimga hisobot beradi. Bog‘cha mudiralaridan ham paxta normasi talab etiladi. Selektor majlisiga kechikish mumkin emas, - deydi Elena Urlaeva.

O‘zbekistonnning boshqa viloyat va tumanlari qatori Uchko‘prik hokimligida ham har kuni kechki soat 9.30 dan tumandagi barcha byudjet idoralari, kollej, maktab, bog‘cha direktorlari selektor majlisiga yig‘iladi.

Yarim tungacha davom etadigan bunday selektor yig‘inlarida paxta terimining borishi, unda byudjet idoralarining ishtiroki muhokama etiladi.

Uchko‘prik tumani Xalq ta’limi bo‘limining ismi sir qolishini istagan xodimlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda: “selektor yig‘inlarida hokim qishloq xo‘jaligiga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan byudjet tashkilotlari rahbarlaridan paxta normasi talab etladi”, - deb aytdi.

Selektor majlisi O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev bosh vazirlikka tayinlagan dastlabki yillarda "ixtiro" qilgan o‘rta va quyi pog‘ona rahbarlar bilan muloqot qilish usulidir.

O‘zbekistonda har yili paxta mavsumi payti paxtaga majburan jalb qilingan ishchilar bilan turli baxtsiz hodisalar ro‘y bergani kuzatiladi.

Bu yilgi mavsum ham bunday holatlardan mustasno bo‘layotgani yo‘q.

Bu yil, Ozodlik radiosi xabariga ko‘ra, majburiy paxta terimi siyosati bilan bog‘liq kamida ikkita odam o‘limiga olib kelgan voqea yuz bergan.

Xususan, 28 sentabr kuni tibbiyot xodimlari dalada paxta terayotgani sababli, to‘lg‘oq bilan "Tez yordam"da G‘uzor tug‘ruqxonasiga olib kelingan 21 yashar ayolga qariyb bir sutka hech qanday tibbiy yordam ko‘rsatilmagani bois uning chaqalog‘i olamdan o‘tdi.

11 sentabr kuni esa Andijon viloyatida majburiy paxta terimiga jalb etilgan Universitet talabasi Komiljon Azimov halok bo‘ldi.

Inson haqlari tashkilotlarining o‘quvchi va talabalarni majburiy mehnatga jalb qilmaslik haqidagi chaqiriqlariga qaramasdan O‘zbekiston hukumati bu talablarni javosiz qoldirib keladi.

"Cotton Campaign" tashkiloti o‘tgan yil paxta terimi mavsumida O‘zbekistonda jami 1 million odam majburiy mehnatga majburlanganini bildirgan. Paxta dalalarida esa kamida 11 odam o‘lgani bildirilgandi.

XS
SM
MD
LG