Линклар

Islom Karimov Samarqandda dafn qilinganidan buyon bir oydan ko‘proq vaqt o‘tdi. Shu kunda shaharda O‘zbekistonning turli burchaklaridan prezident qabrini ziyorat qilish kelganlarni ko‘rish mumkin. Ba’zi hazilkashlar Samarqandga safarni kichik hajga tenglashtirmoqda.

Islom Karimov 3 sentabrda o‘zi tug‘ilib o‘sgan Samarqandda dafn etilgan edi. Dafn marosimi arafasida shahar supurib-sidirildi, tartibga keltirildi.

Marhumni so‘nggi yo‘lga minglab o‘zbekistonliklar, hukumat mulozimlari, marhumning yaqinlari, diplomatlar va chet davlatlar rahbarlari kuzatdi.

Dafn marosimidan bir oy o‘tib, marhumning qabrini ziyorat qiluvchilar keti uzilmayotganini ko‘rish mumkin. Samarqand sayyohlarga to‘lgan. Ularning aksariyati Karimovning qabrini ziyorat qilish uchun kelganini aytadi. Shahar ahli buncha ko‘p odam kelgani birinchi bor kuzatilayotganini e’tirof etmoqda.

Ziyoratchilar orasida Qashqadaryo viloyati va Farg‘ona vodiysidan kelganlar ko‘proq. Boshqa viloyatlardan kelganlar ancha oz. Ba’zi hazilkashlar Samarqandga safarni kichik hajga tenglashtirmoqda. Shunga o‘xshash gapni sayyohlarning o‘zidan ham eshitish mumkin.

“Biz Karimovning qabrini ziyorat qilish uchun keldik”, dedi ulardan biri.

“Biz yetti qadamjoni ziyorat qildik va albatta, Karimovning qabriga ham bordik”, dedi yana bir sayyoh.

​“Podshomiz Karimovni ziyorat qildik, endi uning uyi tomon ketayapmiz”, dedi yig‘i aralash yana bir sayyoh ayol.

Samarqandga kelganlarning ko‘pchiligi dastavval Karimovning qabriga bormoqda va so‘ng marhumning uyi - Bibixonim ko‘chasidagi 24 uyga bormoqda. Bu uy shahar markazida, Bibixonim madrasasi ortida joylashgan.

Islom Karimov vafot etganidan buyon 1 oydan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, Samarqandda Qur’on o‘qiyotgan mulla qiroati har kuni ovozkuchaytirgich orqali eshitilib turibdi.

XS
SM
MD
LG