Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:51

Rossiya yadroviy izlanishlarga oid AQSh bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi


Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov.

Rossiya AQSh bilan hamkorlikda yadroviy izlanishlar olib borishga oid shartnomani bekor qildi.

Hafta boshidan beri Moskva va Vashington o‘rtasidagi aloqalar tobora sovub bormoqda.

Rossiya bu qaror AQSh Moskvaning Ukrainadagi agressiyasi ortidan joriy qilgan sanksiyalarga javob ekanligini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan bildiruvda “Biz Rossiya yadroviy inshootlarini zamonaviylashtirish va ularning xavfsizligini ta’minlashdek nozik masalada Vashingtonga boshqa ishona olmaymiz”, deyiladi.

Vazirlik shartnoma AQSh o‘z sanksiyalarini bekor qilsagina qayta tiklanishini qo‘shimcha qildi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov “Interfaks” agentligiga bergan intervyusida 2013 yil erishilgan shartnomaning bekor qilinishiga Vashington tomonidan 2014 yilda bu sohada hamkorlik qilish to‘xtatilgani turtki bo‘lganini ta’kidladi.

“Endi navbat AQShda. Huquqiy jihatdan amerikaliklar 2014 yil qilgan ishlariga javob qaytardik”, dedo Ryabkov.

3 oktabr kuni Rossiya qurol yasash mumkin bo‘lgan plutoniy zahiralarini ozaytirish bo‘yicha Moskva va Vashington o‘rtasida erishilgan kelishuvni bekor qilgandi. Bu shartnoma Sovuq urushdan keyin AQSh va Rossiya o‘rtasida tiklangan aloqalarning ramzi o‘laroq baholanar edi.

XS
SM
MD
LG