Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:22

Eron O‘zbekistondan futbol jurnalistlariga viza berilmaganini izohlashni talab qildi


 Eron jamoasi
Eron jamoasi

Eron Tashqi ishlar vazirligi Toshkentda o‘tadigan O‘zbekiston-Eron futbol musobaqasini yoritishga kelayotgan jurnalistlarga viza berilmagani yuzasidan norozilik bildirdi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Tehrondagi O‘zbekiston elchixonasi 12 nafar eronlik jurnalistga viza bermagan. O‘zbek diplomatlari bu yuzadan Ozodlikka izoh bermadi.

“O‘zbekiston eronlik juranlistlarga viza bermadi”

Eron Tashqi ishlar vazirligi Tehrondagi O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilib, eronlik 12 nafar jurnalistga viza berilmagani sabablarini ochiqlashni so‘radi.

VVS eron xizmatining yozishicha, bu borada Eron Tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Eron matbuotiga gapirgan.

Eronlik 12 nafar jurnalist va sport fotograflari 6 oktabr kuni Toshkentda o‘tadigan O‘zbekiston- Eron futbol musobaqasini yoritish uchun borishi rejalangan. Biroq O‘zbekiston elchixonasi ularga viza bermagani aytilayapti.

Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiysining Fars agentligiga aytishicha, O‘zbekiston elchixonasi ushbu borada Toshkent bilan muhokama qilib, keyin javob berishlarini bildirgan.

Ayni paytda Toshkentdan olingan ma’lumotga ko‘ra, 5 oktabr kuni O‘zbekiston- Eron musobaqasi oldidan o‘tgan matbuot anjumanida eronlik bir necha nafar jurnalist ishtirok etgan. Bu haqda ushbu anjumanda ishtirok etgan mahalliy jurnalist Ozodlikka bildirdi.

Ozodlik Tehrondagi O‘zbekiston elchixonasiga bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritishni so‘radi. Biroq elchixona xodimlari eronlik jurnalistlarga viza berilmagani sabablarini ochiqlashni istashmadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi xodimlari ham eronlik jurnalistlarga viza berilmagani sabablari borasidagi Ozodlik savollarini javobsiz qoldirishdi.

“Yilning eng muhim o‘yini”

6 oktabr kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati- 2018 saralash bosqichi doirasida Eronga qarshi maydonga tushdi.

O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yilning eng muhim o‘yini deya baholayotgan O‘zbekiston- Eron o‘yiniga chiptalar olibsotarlar qo‘liga o‘tib ketgani va 25 ming so‘mlik chiptalar 100 ming so‘mdan sotilgani haqida Ozodlik yoritgandi.

Ishqibozlar ushbu o‘yindagi milliy jamoa tarkibidan qoniqmayotganliklari, o‘yinchilarning to‘p uzatishdagi noaniqliklari, himoyadagi tarjibasizliklaridan nolishsada, jamoning o‘yinda 3 ochko olishiga umid qilishmoqda.

O‘zbekiston jamoasi Eron o‘yinchilari bilan jami 6 marta maydonga tushgan va faqat bir o‘yinda g‘alaba qozongan, 4ta bellashuvda esa mag‘lub bo‘lgan. Bir uchrashuv esa durang nihoyalangan.

Futbolchi Ulug‘bek Baqoev Eron darvozasiga gol urgan yagona o‘zbek futbolchisidir.

XS
SM
MD
LG