Линклар

O‘zbekiston qamog‘ida sakkiz yildan beri o‘tirgan huquq faoli G‘anixon Mamatxonovga belgilangan jazo muddati shu yil iyul oyida tugagan bo‘lsa-da, unga yana qamoq muddati qo‘shib berilgan.

Bu haqda Fransiyadagi "O‘tyuraklar" klubi rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva ma’lum qildi.

O‘zbekistonda majburiy mehnatga qarshi kurashgan Mamatxonov 2008 yilda tovlamachilikda aybdor topilib, to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi.

Biroq 65 yoshga to‘lgan huquq himoyachisi qamoq ichkarisida tartibni buzgan, degan vaj bilan qamoq jazosi uch marta uzaytirildi.

Fransiyadagi "O‘tyuraklar" klubi rahbari Mo‘’tabar Tojiboeva Ozodlik bilan suhbatdaxalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari Mamatxonov taqdiriga befarq bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.

XS
SM
MD
LG