Линклар

logo-print

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi taniqli aktyor Matyoqub Matchonov va yana uch kishi ustidan mahkama jarayonini ikkinchi marta qoldirdi.

Dushanba kuni prokurorning yakuniy chiqishi kutilgandi.

Biroq, Matchonov yaqinlarining Ozodlikka aytishlaricha, qoralovchi yakuniy xulosasi tayyor bo‘lmagani uchun “sud ishi noma’lum muddatga” kechiktirilgan.

60 yoshli Matchonov bir qator moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda.

Yaqinlariga ko‘ra, aktyor mahkama jarayonida o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan.

Kim uning sog‘ligiga javob beradi?

Sud raisi sog‘ligi yomonlashgani tufayli Matchonovni hibsdan ozod etib turishni so‘ragan shifokor xulosasi va aktyor hamkorlari yo‘llagan iltimosnomani javobsiz qoldirgan.

23 kilo ves yo‘qotgan. Sog‘ligining mazasi yo‘q. Saxarnыy diabetik. Tabletkada o‘tiripti. Umurtqasi ketgan. Shunday bo‘lsa ham, qamoxonada ushlashayapti. Kim uning sog‘ligiga javob beradi, degan savolga javob yo‘q,” dedi Matchonov yaqinlaridan biri.

Avgust oyida ham Matyoqub Matchonov ustidan rejalangan mahkama qoldirilib, ish qayta tergovga jo‘natilgan va aktyor MXX nazoratidagi hibsxonadan umumiy rejimdagi Toshturma hibsxonasiga ko‘chirilgan edi.

Matchonov O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 189-moddasi (Savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 184-moddasi (Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash), 186-moddasi (Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish), 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bo‘yicha ayblanmoqda.

Matchonov hibsga olingan paytda uning narkotik moddalar savdosiga aloqadorligi haqidagi gap-so‘zlar paydo bo‘lgandi.

Biroq Ozodlik qo‘lga kiritgan tergov xulosasida narkotikka aloqador birorta ham ayblov yo‘qligini ko‘rish mumkin.

Tergov ishidan xabardor Ozodlik manbalariga ko‘ra, Matchonov va uning sheriklari aniqlangan 180 million so‘m kamomadni davlatga qaytarganlar.

O‘zbekistonda prezident qarori bilan tadbirkorlik sub’ektlarining javobgarligini liberallashtirish bo‘yicha qonunga kiritilgan o‘zgartirish asosida etkazilgan zarar qoplansa, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo belgilanadi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov 4 iyulda MXX xodimlari tomonidan hibsga olingan edi.

Aën bo‘lishicha¸ hibsga olinganlar aktyor asos solgan “Marsa” nomli tijoriy shirkat xodimlaridir.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, ayni ish yuzasidan huquq-tartibot idoralari yana ikki shaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilgan.

El sevgan aktyor

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov 1980 yillar o‘rtalaridan o‘zbek teatr va kino muxlislariga yaxshi tanish.

U "Shaytanat", "Temir erkak", "Sug‘diyona", "Ulfatlar", "Dada", "Arzanda", "Xizmat doirasidan tashqarida ", "Sotqin" kabi filьmlardagi rollari bilan kinomuxslar orasida shuhrat topgan.

Uch farzandning otasi Matyoqub Matchonov 2011 yili “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Uni yaqindan tanigan hamkasblari va rejissyorlarga ko‘ra, aktyor o‘z ishiga o‘ta talabchanligi, jiddiyligi va samimiyligi bilan ajralib turadi.

Ozodlik "Matchonov ishi" yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘rganishda davom etayotir.

XS
SM
MD
LG