Линклар

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida mol o‘g‘riligi ko‘payganini Ozodlikka xabar qilgan mahalliylardan biri militsiya xodimlarining masalaga beparvoligidan arz qildi. Qarshi tuman militsiyasida hozircha birorta mol o‘g‘risi bu jinoyatlar asosida jinoiy javobgarlikka tortilmaganini tasdiqlamoqda.

Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida mol o‘g‘riligi ko‘payganini Ozodlikka xabar qilgan mahalliylardan biri militsiya xodimlarining masalaga beparvoligidan arz qildi. Qarshi tuman militsiyasida hozircha birorta mol o‘g‘risi bu jinoyatlar asosida jinoiy javobgarlikka tortilmaganini tasdiqlamoqda.

Qarshi tumani Beshkent shahrida istiqomat qilayotgan mahalliylardan biri Ozodlikka tumanda mayda va qoramol o‘g‘riligi ko‘payganini bildirdi.

Suhbatdosh bu holat 5-6 oydan buyon ommaviy tus olganini aytadi.

- 2-3 oktyabrga o‘tar kechasi Beshkentning o‘zida Panaev O‘tkirning to‘rtta qoramolini olib ketishgan. Undan avvalroq ham Shaydullo qishlog‘idan o‘ntacha molni olib ketishgan. Undan oldin esa Kaxlay qishlog‘idan uy devorini kesib, Bekchaevga tegishli 10tacha molni olib ketishgan. 4-5 oy avval Charog‘li massividan Jo‘ra Jumaevning 60tacha qo‘ylarini olib ketishgan. Bularning hammasi haligacha topilmagan, deydi u sanab o‘tgan hodisalar yarim yil davomida sodir bo‘lganini qayd etgan shaxs.

Ismini oshkor qilmagan o‘zbekistonlik Beshkent shahri va Qarshi tumanidagi ommaviy o‘g‘rilik holatlari mahalliy aholi orasida turli gap-so‘zlarni chiqarayotganini bildirdi.

U bu o‘g‘irliklarning birortasi ochilmagani jinoyatlarga militsiya xodimlarining aloqasi borligi to‘g‘risidagi mish-mishlarni o‘yg‘otmoqda, deydi:

- Odamlar mollarning topilmasligiga 100 foiz ishonib bo‘lishdi. Ichki ishlar umuman topib bermaydi! Odamlarning gapi bilan aytsak, “ichki ishlar bilan arra qilishadi, aks holda buncha o‘g‘irlik topilmasdan qolmasligi kerak edi”, deyishayapti. Odamlar ham juda xavotir olib qolgan shu kunlarda. Moli ko‘proq odamlardan o‘zim eshitayapman “Mollarimizni sotsak-mi? O‘g‘ri urib ketayapti...”, deb. Bu xalq orasida juda tashvishli holat, lekin hech kim e’tibor qilmayapti. Hayronman, militsiya nima ish qiladi?! Paxtachilarni qo‘riqlab, shtabda yotishdan boshqa ishga yaramay qoldi bu militsiyachilar, dedi vaziyat to‘g‘risida so‘zlagan vatandosh.

U Qarshi tuman militsiya xodimlarini moli yo‘qolayotganlardan ariza qabul qilmayotganlikda aybladi va “o‘zimiz topsak – xabar beramiz” qabilida ish tutayotganini ma’lum qildi.

Davlatning bitta ignasi yo‘qolsa vahima bilan qidirishni boshlashadi, lekin xalqning mulkiga hech kimning e’tibori yo‘q”, deya xulosa qildi qarshilik yigit.

Ozodlik Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida mol o‘g‘riligi holatlari ko‘payib borayotgani tasdig‘ini oldi.

Yuqorida sanab o‘tilgan o‘g‘irliklardan tashqari tumanda qoramol va echki-qo‘ylar o‘marilishining yana boshqa holatlari qaydga olinganini Ozodlikning ichki ishlardagi manbasi bildirdi. Xususan aniqlanishicha, Fayziev ismli yana bir charog‘lilik vatandoshning 5 bosh qoramoli va 14 dona qo‘y-echkisi ham o‘g‘irlab ketilgan.

Shuningdek, manba Bekchaev ismli mahalliydan 5 dona qoramol o‘g‘irlangani qaydga olinganini tasdiqlab berdi. Ichki ishlar xodimi hozircha mol o‘g‘riligi bo‘yicha oxirgi vaqtda sodir bo‘lgan birorta jinoiy ish yopilmagani va jinoyatga aloqasi bor odamlar aniqlanmay qolayotganini ma’lum qildi.

Biroq u beshkentliklarning “mol o‘g‘irlanishi holatlari militsiya tomonidan qaydga olinmayotir” deya berayotgan iddaolarini qat’iy rad etdi.

Parvo qilmang, bu jinoyatlarning hammasi ochiladi”, deya ishontirdi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG