Линклар

11 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Bahodir Yangiboev lavozimidan olinib, Shumanay tumaniga hokimlikka o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlab kelgan Qahramon Sariev esa Vazirlar Kengashiga rais bo‘ldi. Shu kuni Toshkentdan borgan maxsus guruh Qoraqalpog‘istondagi o‘nlab mulozimlarni ishdan olib, ular o‘rniga yangilarini tayinladi.

11 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Bahodir Yangiboev lavozimidan olinib, Shumanay tumaniga hokimlikka o‘tkazildi. Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlab kelgan Qahramon Sariev esa Vazirlar Kengashiga rais bo‘ldi. Shu kuni Toshkentdan borgan maxsus guruh Qoraqalpog‘istondagi o‘nlab mulozimlarni ishdan olib, ular o‘rniga yangilarini tayinladi.

Mirziyoevning Qoraqalpog‘istonga tashrifidan ikki hafta o‘tib, respublikadagi deyarli barcha mulozimlar ishdan olindi.

O‘n yil davomida Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashiga raislik qilgan 56 yashar Bahodir Yangiboev 11 oktyabr kuni ishdan olindi.

Vazirlar Kengashi xodimlaridan birining Ozodlikka aytishicha, Toshkentdan borgan maxsus guruh Yangiboevni Shumanay tumaniga hokimlikka ko‘rsatgan:

“Toshkentdan kelgan guruhga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi Davron Nazarmuxamedov boshchilik qilayapti. U kishi Yangiboevni raislikdan olib, Shumanay tumanida sessiya o‘tkazib, uni tumanga rahbarlikka ko‘rsatdi. Sessiyada Yangiboev bir ovozdan hokimlikka saylandi. Yangiboev o‘rniga Qoraqalpog‘iston Iqtisodiyot vaziri Qahramon Ramatullaevich Sariev raislikka tayinlandi", dedi Vazirlar Kengashi xodimi ismini ochiqlamaslik sharti bilan.

Shumanaydagi sessiyada ishtirok etgan manba Ozodlik bilan suhbatda Bahodir Yangiboev Kengash raisi sifatida hokimlarni yaxshi boshqara olmagani uchun unga “jazo” sifatida o‘zini hokimlikka yuborishgani haqida gap-so‘zlar bo‘lganini aytdi.

“Lekin shumanayliklar xursand. Qattiqqo‘l, ishchan hokim keldi deb”, deydi shumanaylik manba.

Vazirlar kengashi mas’ullaridan birining aytishicha, shu kuni Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosarlari yangilangan va deyarli barcha vazirlar ham almashtirilgan.

Jumladan, Vazirlar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Jengisboy Embergenov ishdan olinib, uning o‘rniga Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Sobir Xo‘jametov saylangan.

Vazirlar Kengashi mas’uli hozircha yangi tayinlangan shaxslar haqida aniq ma’lumotga ega emasligi bois boshqa mulozimlar ism-familiyalarini keltira olmasligini aytdi.

Yuqorida suhbatlashganimiz shumanaylik manbaning aytishicha, O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi Davron Nazarmuxamedov boshchiligidan guruh Kegeyli, Qonliko‘l, Qo‘ng‘irod, Amudaryo tumanlarida bo‘lib, ushbu tumanlar hokimliklarini ham ishdan olgan va hokimlikka yangi nomzodlarni tavsiya qilishgan va o‘tkazilgan sessiyalarda yangi hokimlar saylangan.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 28 sentyabrь kuni Qoraqalpog‘istonga safar qilgan, biroq safar payti bu erdagi mulozimlar haqida biror salbiy fikr bildirmagan edi.

Har holda Mirziyoev safarini yoritgan “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” dasturida bu haqda biror ma’lumot berilmagan edi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Bahodir Yangiboevning lavozimidan olinib, Shumanay tumaniga hokimlikka o‘tkazilgani haqida hozircha rasmiy matbuotda xabar berilmagan.

XS
SM
MD
LG