Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:00

Govorit Moskva:"Alisher Usmonovning O‘zbekiston hukumatiga ta’siri yuqori"


Govorit Moskva: “Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning O‘zbekiston ichki siyosatiga ta’siri oshib borayotir”. Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng tarqatilayotgan bu taxminda O‘zbekistonda vaqtinchalik prezidentlik vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev mustaqil siyosat yurgizishiga shubha bildirilmoqda.

Govorit Moskva: “Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning O‘zbekiston ichki siyosatiga ta’siri oshib borayotir”. Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng tarqatilayotgan bu iddaoda O‘zbekistonda vaqtinchalik prezidentlik vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev mustaqil siyosat yurgizishiga shubha bildirilmoqda.

“Alisher Usmonovning O‘zbekiston hukumatiga ta’siri oshdi”

Rossiya nashrlarida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning O‘zbekiston hukumatiga oshib borayotgan ta’siri to‘g‘risida mish-mishlar keng tarqala bormoqda.

Rossiya OAVi A.Usmonov haqida gapirmoqda
Rossiya OAVi A.Usmonov haqida gapirmoqda

Bu gap-so‘zlarga ko‘ra, O‘zbekistonning navbatdagi prezidenti o‘z siyosatini mamlakat ichkarisidagi “klanlar” rahbarlari - Milliy xavfsizlik xizmati boshlig‘i Rustam Inoyatov va Bosh vazir muovini Rustam Azimovdan tashqari rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov bilan ham kelishgan holda olib borishi lozim bo‘ladi.

Bevosita Alisher Usmonovga tegishli mazkur ma’lumotlar 13 oktyabrda Reuters axborot agentligi nashr qilgan ​ “Exclusive: New Uzbek leader to share power due to clan rivalries” (Eksklyuziv: Yangi o‘zbek etakchisi hokimiyatni mahalliy qaramaqarshiliklar tufayli taqsimlashga majbur) maqolasidan uzib olingan.

Qozog‘istonlik muallif Oljas Auezov o‘z maqolasida keltirayotgan “eksklyuziv” ma’lumotlarni “ikki nafar diplomatik manba va o‘zbek biznesmeniga” tayanib keltirgan.

“Noma’lum diplomatlar” fikricha, Mirziyoev o‘z qarorlarini “o‘zbek klanlari rahbarlari” bilan kelishgan holda qabul qiladi.

Ayni paytda, maqolada Alisher Usmonovga tegishli ma’lumotlar “ismi sir qolishini so‘ragan o‘zbek tadbirkori” nomidan keltirilgan.

Bu manba oxirgi paytlarda Alisher Usmonovning xususiy uchog‘i oxirgi paytlarda tez-tez Toshkentda paydo bo‘layotganini o‘z so‘zlariga dalil sifatida keltirgan.

“O‘zbek biznesmeni” Flightradar24 sayti orqali Alisher Usmonovning 350 million dollarga baholangan “Burhon” havo kemasi Toshkentga kelib ketgani qayd etilganini bildirdi.

Shuningdek, kelib chiqishi O‘zbekistondan bo‘lgan milliarderning mamlakat Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev bilan qarindoshlik rishtalari bog‘lab turgani ham yodga olinmoqda.

Oktyabr oyi boshlarida rus oligarxining o‘zining shaxsiy Airdus-ida Toshkentda shaxsiy oshpazi to‘yini uyushtirgani va unga taniqli rossiyalik san’atkorlar, jumladan Alla Pugacheva, Soso Pavliashvili va boshqalarni olib kelgani ham Rossiya matbuoti e’tiboridan chetda qolmadi.

Rossiya ommaviy axborot vositalarida tilga olinayotgan maqoladagi aynan Alisher Usmonovga tegishli “kompromati”ga jamoatchilik e’tibori tortilayotgani ko‘zga tashlanmoqda.

Shu bilan birga Rossiya ommaviy axborot vositalarida so‘nggi bir oyda Alisher Usmonovning Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida vositachilik ahamiyati borasida ko‘p marotaba gapirildi. Ularda tadbirkorning hatto O‘zbekiston prezidentligiga nomzod bo‘lishi mumkinligi taxminlari jiddiy ohangda yangradi.

Usmonov iddaolarni rad etdi

Usmonovning matbuot xizmati Rossiyaning nashrlari jamoatchilikda tarqatilayotgan bu xabarni rasman rad etib chiqdi.

“Biz bir necha marotaba ta’kidlaganimizdek, A.B.Usmonov O‘zbekiston siyosiy hayotida ishtirok etmaydi. Bu mavzuga doir mish-mishlarning tarqalishi kon’yunktura xarakteriga ega va haqiqatdan yiroqdir. Janob Usmonov O‘zbekistonda ko‘plab tanish va qarindoshlarga ega. Agarda mamlakat rahbariyati biror yordam so‘rab murojaat qilsa – u foydasi tegishidan mamnun bo‘ladi. Janob Usmonov o‘z tarixiy yurtiga muvaffaqiyatlar va gullab-yashnashni tilab qoldi”, deyiladi e’lon qilingan Alisher Usmonovning rasmiy javobida.

Ozodlik bu masalada Alisher Burxonovichga tegishli “Metalloinvest” shirkati matbuot xizmati orqali izoh so‘rab murojaat qildi.

Nima haqida gap ketayotganini eshitgan matbuot xizmati vakili go‘shakni zudlik bilan tashlab yubordi va keyingi qo‘ng‘iroqlarga javob bermadi.

O‘zbekiston Karimov tashqi siyosatini davom ettiradi..mi?

Moskvadagi MDH institutining Markaziy Osiyo bo‘limi direktori Andrey Grozin Rossiya nashrlariga bergan intervьyusida Shavkat Mirziyoevni marhum Islom Karimovga o‘xshatdi.

- U Karimov kloni emas, ammo mamlakat va jahonda vaziyatni oldingi prezidentga o‘xshash tarzda qabul qiluvchi odamga juda o‘xshab ketadi. Undan Rossiya yoki boshqa tarafga og‘ib ketishini hech kim kutmayotir, deya xulosa qildi Andrey Grozin.

Aleksey Malashenko
Aleksey Malashenko

Moskvadagi Karnegi tinchlik jamg‘armasining Markaziy Osië bo‘yicha etakchi mutaxassisi Aleksey Malashenko vaziyatga baho berib, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi Alisher Usmonovning vositachilik ahamiyatini inkor etmasdan, uning mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi siyosatga ta’sirini yuqori baholamaslikni so‘radi.

Алексей Малашенко билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:47 0:00
Бевосита линк

- Men Usmonov ta’siri yuqoriligi to‘g‘risida gapirmagan bo‘lardim. Allaqanday aloqalar, uchrashuvlar bo‘lishini inkor etmayman, ammo uning biznesi nuqtayi nazaridan va boshqa sabablarga ko‘ra Usmonov O‘zbekiston tashqi siyosatida katta o‘zgarishlarni qila olishiga jiddiy shubham bor. O‘zbekiston Karimov davrida olib borilgan ko‘pvektorli siyosatni davom etadi, degan fikrdaman. Ayniqsa Rossiyaning Ukraina va MDH hududida olib borayotgan siyosatini ko‘rib turgan o‘zbeklar o‘zini Kremlь kuchog‘iga otadi, deb o‘ylamayman. Usmonov Kremlning vositachisi bo‘lishi turgan gap, ammo Toshkentda Rossiya bilan yaqinlashishga qarshi bo‘lgan siyosatchilar ham juda ko‘pligini inobatga oling, dedi Aleksey Malashenko.

XS
SM
MD
LG