Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:16

HRW Turkmanistondan Altimurad Annamuradovning o‘limini tergov qilishni so‘rayapti


Xalqaro inson huquqlarini himoya qiluvchi Human Rights Watch (HRW) bayonot bilan chiqib, Turkmaniston hukumatidan Altimurad Annamuradovning o‘limi bilan bog‘liq xolatlarni tergov qilishni so‘ragan. Bu haqda Turkman OAV xabar berdi.

Altimurad Annamuradov — hozirda Shvetsiya fuqarosi, jurnalist, "Ozodlik" radiosi va boshqa qator mustaqil OAV xodimi bo‘lgan, Turkman hukumati talabi bilan 2016 yil iyulida Belarusda qo‘lga olingan Chari Annamuradovning akasi.

Human Rights Watch bu to‘g‘rida ham bayonot berib, Belarus va Turkman hukumatlari tomonidan Shvetsiya fuqarosiga nisbatan sanktsiyalar berilishi noto‘g‘ri ekanligini aytib, agar Annamuradovni Turkmanistonga qaytarishsa, u so‘zsiz zulm qurboni bo‘ladi, degan. Minskdagi tergov izolyatorida ikki oy bo‘lgandan so‘ng, Chari Annamuradov ozod etilgan va Shvetsiyaga qaytgan.

«Altimurad Annamuradovning o‘limi hokimiyat ushlay olmagan siyosiy emigrantdan o‘ch olishga juda o‘xshab ketadi, — dedi Reychel Denber, HRWning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktor o‘rinbosari. — Turkmaniston hukumati ko‘p yillardan beri Chari Annamuradov va uning oilasini ta’qib qilib kelmoqda. Uning akasi mashhur dissidentni ekstraditsiya qilish xalqaro mojarosining qurboni bo‘lgan ko‘rinadi».

Altimurad 4 sentabr kuni o‘lgan. Bundan 4 kun oldin u noma’lum shaxslar tomonidan uyidan o‘g‘irlab ketilgan. Ikki kun o‘tib u tanasida kaltaklar izi bilan qaytib kelgan. Altimuradning qarindoshlariga aytishicha, uni olib ketganlar undan akasi haqida so‘rashgan, ayovsiz kaltaklab xo‘rlashgan. Ikki kun o‘tib, 52-yashar erkak olamdan o‘tgan.

XS
SM
MD
LG