Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:09

Londondagi Ekvador elchixonasi WikiLeaks yetakchisining Internet aloqasini uzib qo‘ydi


Julian Assanj
Julian Assanj

Ekvador hukumati WikiLeaks guruhining AQShdagi prezident sayloviga aralashayotganiga qarshi ekanligini, shu sabab guruh asoschisi Julian Assanjning Internet aloqasini vaqtincha cheklab qo‘yganini bildirdi.

WikiLeaks vebsaytlari keingi paytda Demokratik partiyaning yuqori lavozimli rasmiylarining shaxsiy elektron maktublarini ommaga sizdirdi. AQSh razvedka xizmatlari hamda xususiy mutaxassislar bu maktublarni rossiyalik xakerlar qo‘lga kiritganini aytmoqda. Prezidentlikka Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton ham xatlarning fosh etilishida Rossiya hukumatini ayblab keladi.

Assanj qonuniy javogarlikka tortilishidan qo‘rqib, 2012 yildan beri Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashab keladi. Dam olish kunlari WikiLeaks saytda Klinton Goldman Sachs bankida qilgan shaxsiy chiqishlarini chop etilishi ortidan Assanjning Internet aloqasi uzilganini bildirdi.

Ekvador hukumati 18 oktabr kuni kech aloqani uzib qo‘yganini aytib, buning sababi WikiLeaks guruhining AQSh saylovlariga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni chop etish qaroriga sherik bo‘lishni istamasligini aytdi.

Ekvador Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan bildiruvda “Ekvador o'z suveren huquqidan foydalangan holda, Birlashgan Qirollikdagi elchixonasidagi kommunikatsiya tizimlarining ayrim qismlariga bo‘lgan aloqani uzib qo‘ydi”, deyiladi.

“Ekvador hukumati boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipini hurmat qiladi”, deyiladi bildiruvda.

Ekvador prezidenti Rafael Korrea Klintonni qo‘llashini bildirgan.

Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp fosh etilgan maktublar Demokratlar partiyasi ichidagi tortishuvlarni hamda Klintonning kuchsiz tomonlarini ko‘rsatishini aytib keladi.

Korrea O‘tgan oyda Russia Today telekanaliga bergan intervyusida “Qo‘shma Shtatlar hamda dunyo foydasi uchun Hillari g‘olib bo‘lishini xohlayman”, degan edi.

XS
SM
MD
LG