Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:55

Prezident saylovi oldidan saylovchilar ro‘yxati hamda ularning uylari tekshirilmoqda


Toshkentning Chilonzor tumanidagi Qatortol ko‘chasidagi bir neychta uy "priton" qilindi, deya tortib olingan.
Toshkentning Chilonzor tumanidagi Qatortol ko‘chasidagi bir neychta uy "priton" qilindi, deya tortib olingan.

Toshkent shahrida prezident saylovi arafasida uchastka nozirlari va mahalla faollari uyma-uy yurib, xonadon egalari va ijarada turgan shaxslarni ro‘yxatga olmoqda. Ozodlik bog‘langan xonadon egalarining aytishicha, ro‘yxatga olish uchun kelganlar uyda qayddan o‘tganlar soni, qancha odam yashashi, ijarachilar bo‘lsa ular haqidagi ma’lumotlarga qiziqmoqda, oilaning chet davlatlarda yurgan a’zolari saylovgacha qaytib kelishini ta’minlasin uchun qarindoshlariga bosim qilinmoqda.

Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi xonadon egalaridan biri Ozodlik bilan suhbatda ro‘yxatga oluvchilar 16 oktabr kuni uni uyiga ham kelganini aytdi:

- Uyda nechta xona, qancha odam yashaydi, chet elga ketganlar, uyda ijaraga turganlar bo‘lsa ularning ham hujjatini so‘radi. Deylik, propiskada boru, lekin o‘zi yashamaydi. Bundaylar haqida ham ma’lumot so‘radi. Ijaraga odam qo‘ygan bo‘lsa, "shartnoma qani", deydi. "Nimaga bu", deb so‘rasam, “saylov oldidan odamlarni ro‘yxati tuzilyapti”, deb, qo‘shnilarnikiga kirib ketishdi, - deydi ismi sir qolishini istagan toshkentlik.

Odam yashamaydigan, bo‘sh turgan xonadonlar eshiklariga esa uy egalaridan zudlikda pasport va uy hujjatlari bilan mahalla fuqarolar yig‘ini yoki militsiya tayanch punktiga kelishi haqidagi ogohlantiruv xatlari yopishtirib ketilmoqda.

Xatda xonadon egalari belgilangan muddatda kelmasa uylari tegishli idora vakillari ishtirokida muhrlanishi haqida ogohlantirilgan.

Bo‘sh turgan uy egalari belgilangan muddatda militsiya bo‘limiga kelmasa uylari muhrlanishi haqida ogohlantirilgan.
Bo‘sh turgan uy egalari belgilangan muddatda militsiya bo‘limiga kelmasa uylari muhrlanishi haqida ogohlantirilgan.

Toshkentning Olmazor tumanidagi “Qichqiriq” mahallasi faoli Ozodlik bilan suhbatda bu tadbir 4 dekabrga belgilangan prezident saylovi oldidan aholini ro‘yxatga olish maqsadida o‘tkazilayotganini aytdi.

- Prezident sayloviga pasportizatsiya bo‘lyapti. Bu butun respublika bo‘ylab o‘tkazilyapti. Bir oydan beri yurishyapti uyma-uy uchastkavoylar, GUVDdan odamlar, yurib tekshiryapti. Bizda hozir aholi soni chiqmayapti. Kimdir chet elda, kimdir ro‘yxatda uyida bor, lekin yashamaydi. Ayrimlarning uyida ijarachi bor, lekin vaqtincha ro‘yxatga olinmagan. Shuning uchun, hozir bizga tepadan topshiriq bo‘lyapti, uy egalari va ijrada turgan odamlarning pasportlarini kopiyalari - hammasini yig‘ib, IIBga berilishi haqida, - dedi Olmazor tumanidagi “Qichqiriq” mahallasining ismi oshkor etilmasligini istagan faoli.

Militsiya va mahalla faollari uyma-uy yurib tekshiruvlar o‘tkazayotgan bir paytda poytaxt aholisi orasida odamlarni bo‘sh turgan uylari noqonuniy tarzda “priton”- islavatxonaga aylantirildi, degan vaj bilan tortib olinayotgani haqida ham gap-so‘zlar tarqaldi.

- Yaqinda qo‘shnimizning uyini pechatlab ketishdi. Hech kim yashamaydigan uylarni shunaqa pechatlashayapti. Ayrim gap-so‘zlarga qaraganda, noqonuniy ijaraga berilgan uylar “priton” qilindi, deb hujjatlashtirilib tortib olinyapti va militsiya xodimlariga berilayotgan ekan, - deydi Toshkentning Yunusobod tumanida yashovchi Saodat opa.

Toshkentning Yunusobod tumanidagi ismi sir qolishini istagan mahalla faoli Ozodlik bilan suhbatda odamlarni uylari tortib olinayotgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etdi.

Lekin, suhbatdosh agar uy egasi O‘zbekiston qonunchiligiga xilof tarzda xonadonni noqonuniy “priton”- islovatxona uchun ijaraga bergan bo‘lsa uyi tortib olinishini tasdiqladi.

- Agar uy pritonga aylantirilgan bo‘lsa tortib olinadi, shunaqa xolatlar bo‘lyapti, - dedi mahalla faoli.

Ayni paytda uyma-uy kirayotgan mahalla faollari mamlakatdan tashqariga chiqib ketganlar bo‘lsa "saylovgacha qaytib kelsin", deya ularni qarindoshlariga bosim o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi rasmiylariga ko‘ra, mamlakatda 21,4 mln dan ko‘proq saylovchi qayd etilgan.

Bu O‘zbekiston aholisining uchdan ikki qismidir. 2015 yilgi prezident saylovida hukumat rasmiylari 20,798 mlndan ko‘proq saylovchi qatnashgani haqida ma’lum qilgan.

Mustaqil kuzatuvchilarga ko‘ra, mamlakatda yashash va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun etarlicha sharoitlar yaratilmagani bois, besh milliondan ortiq odam hozir xorijda ishlamoqda.

XS
SM
MD
LG