Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:39

Vertolet halokatga uchragan Sho‘rsuv poligoniga Toshkentdan tekshiruvchilar yetib keldi


Surat uz24.uz saytidan olindi.
Surat uz24.uz saytidan olindi.

9 kishi, shu jumladan 3 ekipaj a’zosining halok bo‘lishiga olib kelgan harbiy vertolyot halokati, Ozodlikning aniqlashicha, Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston tumanidagi Sho‘rsuv dala poligonida 18 oktabr, kech soat 5 lar atrofida sodir bo‘lgan. Ozodlikning tegishli idoralardagi manbalariga ko‘ra, tinch aholi orasida talafotlar yo‘q, shuningdek, aholiga moddiy zarar yetmagan.

Oldinroq e’lon qilingan xabarda Respublika Mudofaa vazirligigicha qarashli MI-171 rusumli vertolyotning qulab tushishi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan. Ulardan uch nafari ekipaj a’zolari 6 nafari esa harbiylar ekani aytilgan edi.

18 oktabr kuni Farg‘ona viloyati sharqida ro‘y bergan ushbu aviahalokat sabablari o‘rganilmoqda.

Ushbu maqsadda Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, harbiy prokuratura va boshqa kuchishlatar tizim vakillaridan tarkib topgan maxsus komissiya tashkil qilingan.

O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajarayotgan Shavkat Mirziyoev tergovni o‘z nazoratiga olgani aytilmoqda. Mirziyoev hukumat nomidan halok bo‘lganlar oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

Rasmiy xabarda aytilishicha, harbiy vertolyot reja asosida parvoz qilgan.

Rossiyada ishlab chiqariladigan MI-171 rusumli vertolyot 2009 yildan beri 7 marta halokatga uchradi. Bu aviahalokatlar oqibatida jami 41 kishi halok bo‘lgan.

Mi-171 vertolyotining qulab tushishi mustaqil O‘zbekiston tarixida matbuotga ma’lum bo‘lgan ikkinchi aviahalokatdir. 2004 yil 13 yanvar kuni Termizdan uchgan YaK-40 samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘nish paytda halokatga uchragan, oqibatda samolyot bortidagi 37 nafar yo‘lovchining hammasi nobud bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG