Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:57

Xorazmlik nafaqaxo‘r: Shavkat Miromonovich, meni yoningizga ishga oling!


Xorazmlik 63 yoshli nafaqaxo‘r Qadamboy Matmurodov O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevdan yoniga ishga olishni so‘rab, uning virtual qabulxonasiga murojaat qildi. “Xazorasp tumanida haqiqat o‘lgan. Adolat yo‘q. Hozir amaldagi huquq-tartibot organlarining 100tasini ishini bajaraman”, deb yozgan Matmurodov o‘z murojaatida. Nafaqaxo‘r ishga olingan taqdirda, ismini Haqiqat Haqiqatovich Haqiqatov, deb o‘zgartirishni ham so‘ragan.

Xorazmlik nafaqaxo‘r Qadamboy Matmurodovning 14 oktabr kuni Mirziyoevning virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaati fotosi Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

18773/16 raqamli murojaatning o‘ng burchagiga qalam bilan “Bizga tegishli emas, deb yozib ham qo‘yilgan.

Qadamboy Matmurodov o‘z murojaatiga ijobiy javob bo‘lishiga umid qilmoqda.
Qadamboy Matmurodov o‘z murojaatiga ijobiy javob bo‘lishiga umid qilmoqda.

Murojaatnomadan Qadamboy Matmurodov Xorazmning Xazorasp tumanida yashashi anglashiladi. Hujjatda uning telefon raqami ham keltirilganki, Ozodlikning u kishi bilan bilan bog‘lanishi qiyin bo‘lmadi.

Qadamboy Matmurodov Ozodlik bilan suhbatda Shavkat Mirziyoev virtual qabulxonasiga shunday murojaat jo‘natganini tasdiqladi va ijobiy javob kutayotganini aytdi.

- Xorazmda hozir sovuq tushdi. Sovuqda bolalarimiz qiynalyapti. Xazoraspda gazni uzib qo‘yishdi. Elektr yo‘q. Agar meni Mirziyoev yoniga ishga olsa, xavfsizligimni ta’minlasa, jonim bilan xalqimga xizmat qilaman. Butun qolgan umrimda haqiqat uchun kurashaman, - dedi Matmurodov Ozodlik bilan suhbatda.

Хоразмлик нафақахўр Қадамбой Матмуродов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:49 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 776 368 434 raqamiga yo‘llang.

“Erkin mikrofon” sizga muntazir!

“Erkin mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas.!

XS
SM
MD
LG