Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 21:03

Buxorolik huquq faoli Bobomurod Razzoqov ozod etildi (VIDEO)


Bobomurod Razzoqov qamoqdan chiqqanidan so‘ng, 25 oktabr 2016 yil.
Bobomurod Razzoqov qamoqdan chiqqanidan so‘ng, 25 oktabr 2016 yil.

O‘zbekistonlik huquq faoli, 63 yashar Bobomurod Razzoqov uch yillik qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqarilgan.Bu haqda O‘zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati ma’lum qildi. Tashkilot faollari Vasila Inoyatova va Abdurahmon Tashanov 25 oktabr kuni Tovoqsoydagi qamoqxonada Bobomurod Razzoqovning chiqishini kutib olganlar.

"Ezgulik" jamiyati faoli Abdurahmon Tashanovning Ozodlikka aytishicha, Bobomurod Razzoqov 25 oktabr kuni qamoqdan ozod etilib, qamoqxona noziri nazoratida Buxoroga jo‘natib yuborilgan:

"Bobomurod Razzoqov jinoyat ijroiya kodeksini muddatidan oldin ozod etish haqidagi moddasiga ko‘ra, uch yili uch oyda qamoqdan ozod etildi. U 2013 yil odam savdosida aybdor topilib, to‘rt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi", dedi Abdurahmon Tashanov.

Ҳуқуқ фаоли Бобомурод Раззоқов озод этилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:26 0:00

Bobomurod Razzoqovning o‘zi unga qo‘yilayotgan ayblovlar uydirma ekanligini sudda aytgan.

Buxoro viloyati IIB odam savdosiga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Nuriddin Shomurodov tomonidan olib borilgan jinoyat ishi tafsilotlariga ko‘ra, huquq faoli odam savdosida ayblangan.

“Ezgulik” jamiyatining o‘sha paytda yoyinlagan bayonotida odam savdosidek qaltis ayblov Bobomurod Razzoqovning kasbiy faoliyati va siyosiy qarashlari evaziga uyushtirilgan provokatsiya ekani ta’kidlangan edi.

Asli muxolifat faoli bo‘lgan Bobomurod Razzoqov fermerlik bilan bir qatorda "Ezgulik" jamiyatining Buxoro viloyatidagi vakili bo‘lib faoliyat olib borgan edi.

Bobomurod Razzoqov Ozodlik radiosiga bergan bir qator intervyularida buxorolik fermerlarning muammolari, mahalliy hokimlarning qonunbuzarliklari haqida gapirgan edi.

XS
SM
MD
LG