Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:30

Klintonning saylov shtabi Trampning Rossiyaga aloqasi ochiqlanishini talab qildi


AQSh prezidentligiga demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonning saylov kampaniyasi menejeri Federal qidiruv byurosini (FQB) respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampning Rossiya bilan ehtimoliy aloqasi yuzasidan o‘tkazilgan tergov natijasini e’lon qilishga chaqirdi.

Robbi Muk CNN telekanaliga bergan intervyusida nima uchun FQB direktori Jeyms Komi agentlik Tramp va Rossiya o‘rtasidagi aloqalar haqida aniqlagan ma’lumotlarini ochiqlamayotganini tanqid qildi. Komi o‘tgan haftada FQB Klintonning xususiy elektron pochta serveridan foydalanib yozgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi xatlarni tergov qilayotganini e’lon qilgan edi.

Reuters agentligining xabar berishicha, bir necha oy avval FQB Tramp yoki uning odamlari rossiyaliklar yoki Rossiyada joylashgan shirkatlar bilan shubhali munosabatda bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlash uchun dastlabki tergov boshlagan, ammo to‘liq tergov ochish uchun etarlicha dalil topmagan.

FQB mazkur tergov haqida rasmiy bildiruv e’lon qilgani yo‘q.

Reuters agentligiga ko‘ra, FQB Tramp yoki uning sheriklari “Xorijda korruptsion harakatlar akti”ni buzgani yoki yo‘qligini yoki AQSh hamda Yevropa sanksiya joriy qilgan shaxslar yoki shirkatlar bilan shartnoma imzolagani yoki yo‘qligini aniqlashga uringan.

“Prezidentlikka nomzodlar ustidan ochilgan tergovlar haqida ma’lumot e’lon qiladigan odam Donald Tramp haqida ham hamma narsani oshkor qiladi. Uning rossiyaliklar bilan bo‘lgan aloqasi haqidagi ma’lumotni oshkor qilish kerak”, dedi Muk.

XS
SM
MD
LG