Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:13

Moskva xiyobonlarining biriga Islom Karimov nomi berildi (VIDEO)


Rossiya poytaxtining Yakimanka tumanidagi O‘zbekiston konsulligi yaqinida joylashgan kichik xiyobonga Islom Karimov nomi berildi. Bu haqdagi qaror, prezident Vladimir Putin topshirig‘i asosida Moskva shahar hukumati majlisida qabul qilindi.

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimov xiyoboni Moskvaning Yakimanka tumanidagi Bolshaya Polyanka ko‘chasining 39-uy va Kazachye 1-tor ko‘chasidagi 13-uy oralig‘ida joylashgan.

Monumental san’at bo‘yicha Moskva shahar kommissiyasi raisi Igor Voskresenskiy Moskvada Islom Karimovga haykal o‘rnatish bo‘yicha talabnoma tushganini ma’lum qildi.

Igor Voskresenskiyning aytishicha, ushbu talabnoma mavzusi joriy yil dekabr oyida ko‘rib chiqiladi.

O‘z navbatda O‘zbekiston hukumatiga yaqin "Uzmetronom" veb-sayti o‘z manbasiga tayanib, Moskvada Islom Karimovga qo‘yiladigan haykalning tantanali ochilish marosimi 30 yanvar, Karimovning tug‘ilgan kuniga mo‘ljallanayotganini xabar qildi.

Lekin Moskva hukumati bu xabarni hozircha tasdiqlamadi.

Moskva shahar hokimligi rasmiy saytiga ko‘ra, Islom Karimov nomini abadiylashtirishga oid taklif “ Rossiya va O‘zbekiston fan, siyosat va san’at arboblari” tomonidan ilgari surilgan.

Taklif mualliflariga oid ma’lumot hozircha ochiqlanmadi.

Aytish joiz, Rossiyada O‘zbekistonga bog‘liq yagona haykal - ulug‘ shoir Hazrat Navoiyga 2002 yilda Moskvaning Serpuxov metrosi yaqinida o‘rnatilgan.

Ozodlik Islom Karimov nomi berilgan xiyobon yaqinida oddiy rossiyaliklar fikrlari bilan qiziqdi va ular munosabati haqida so‘radi.

Москва хиёбонларининг бирига Ислом Каримов номи берилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:58 0:00

Katta yoshdagi rossiyaliklar, Moskva markazidagi xiyobonga Islom Karimov nomi berilishini qo‘llab-quvvatlashlarini aytishdi.

Biroq aksar yoshlar Islom Karimovning O‘zbekiston uchun xizmati yuqori bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi, ammo Rossiya uchun unchalik ahamiyatli emas degan fikr bildirishdi.

Bundan bir oycha oldin Rossiyaning Peterburg shahrida “Milliy qo‘mita +60” harakati faollari Shuhrat hiyobonidan o‘tuvchi nomsiz ko‘prikka Islom Karimov nomi berilishini taklif qildi.

Peterburg faollari fikricha, Ikkinchi Jahon urishida 872 kun fashistlar qamalida bo‘lgan Leningrad mudofaasida ko‘plab o‘zbeklar ishtirok etgan, ko‘pchilik leningradliklar esa urush paytida O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan.

Oldinroq prezident Islom Karimov janozasida qatnashgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o‘z mamlakatida qator maydonlar va hiyobonlarga Islom Karimov nomi berilishini aytgandi.

XS
SM
MD
LG