Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:30

25 yildan buyon bedarak olim Abdulla O‘taevning o‘g‘li Mirziyoevga murojaat qildi


Abdulla O‘taevning taqdiriga oid 25 yildan beri yaqinlarida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Abdulla O‘taevning taqdiriga oid 25 yildan beri yaqinlarida hech qanday ma’lumot yo‘q.

90-yillarda O‘zbekistonda tanilgan diniy ulamo Abdulla O‘taevning o‘g‘li, AQShda istiqomat qilayotgan Ubaydulla O‘taev 2 noyabr kuni Ozodlik orqali Shavkat Mirziyoev hukumatiga murojaat qilib¸ o‘z otasi taqdiriga oid ma’lumot berishni so‘radi.

Sobiq SSSR tarkibida tuzilgan Butunittifoq Islom uyg‘onish partiyasining O‘zbekistondagi bo‘limini ochishga uringan asli surxondaryolik Abdulla O‘taev 1992 yilning 15 dekabr kuni Toshkentning Huvaydo ko‘chasida qurollangan shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganicha¸ bedarak yo‘qolgan.

1947 yilda tug‘ilgan Abdulla O‘taevning ota-onasi va farzandlari qariyb 25 yildan beri uning o‘lik-tirigidan bexabar yashamoqda.

O‘zbekistonda postkarimov davri boshlanib¸ siyosiy va diniy mahbuslarga nisbatan munosabat o‘zgarishi haqida umidlar tug‘ilishi ortidan Ozodlikka murojaat qilgan O‘taevning o‘g‘li Ubaydulla¸ yangi hukumat 90-yillardagi odam o‘g‘irlash va adolatsiz qama-qamalarni o‘ziga meros qilish kerak emas¸ degan ilinjda ekanini aytdi.

Ubaydulla O‘taev bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin:

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:50 0:00
Бевосита линк

Ozodlik O‘zbekiston qamoqxonalarida qolayotgan siyosiy mahbuslar¸ qolaversa¸ bedarak yo‘qolgan siyosiy va diniy arboblar taqdiriga oid tafsilotlarni o‘rganish urinishlarini davom ettiradi. Bunga oid ma’lumotlar sizda bo‘lsa¸ ularni Ozodlik orqali o‘rtoqlashishingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG