Линклар

Ayniy romani asosida olingan “Sudxo‘rning o‘limi” seriali 10 yildan beri “O‘zbektelefilm” tokchasida chang bosib yotibdi


Ulug‘bek Yo‘ldoshev Rossiyada "Bizning hovlida" deb nomlangan teleseriali bilan nom chiqardi.

Ulug‘bek Yo‘ldoshev Rossiyada "Bizning hovlida" deb nomlangan teleseriali bilan nom chiqardi.

Yillardan beri o‘z ijodini Rossiyada davom ettirayotgan o‘zbek kinorejissyori va aktyor Ulug‘bek Yo‘ldoshev¸ O‘zbekiston madaniyati va san’ati sohasidagi ayrim tebranishlar munosabati bilan¸ “O‘zbekfilm” va “O‘zbektelefilm” tokchalarida ekran yuzini ko‘rmay taxlanib yotgan sara filmlarning jamoatchilikka taqdim etilishiga umid qilayotganini aytadi.

Rustam Hamdamov¸ Shavkat Abdusalomov¸ Ali Hamroev¸ Temur Bekmambetov kabi o‘zbek kino maktabi tamsilchilari ortidan Rossiya kino dunësini zabt qilayotgan Ulug‘bek Yo‘ldoshev O‘zbekistondagi tor va biqi ijodiy muhitga sig‘masdan¸ xorijda ijod qilayotgan zabardast o‘zbek kinochilarining tez orada O‘zbekistonga qaytib o‘z ijodini vatanda davom ettirish istiqbolini kutayotganini aytadi.

- O‘zbek kinosiga reformatorlar kerak. Ijodkorga erkinlik kerak. Bu sahna¸ bu kadr tepada o‘tirgan chinovnik tasdig‘idan o‘tadimi-yo‘qmi¸ deb siqilmasdan¸ ijodkor erkin ijod qilsa¸ o‘zbek kinosini yangi bosqichga chiqaradigan rejissyorlar ko‘p. Birinchi bo‘lib¸ Shavkat aka Abbosovdek daho rejissyorga yillardan beri ruxsat berilmay kinolarini olishga ruxsat berish kerak¸ yangi avlod u kishidan saboq olsin¸ o‘rgansiz¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda Ulug‘bek Yo‘ldoshev.

Toshkentdagi Teatr va rassomchilik instituti rejisserlik fakultetini tugatgan Yo‘ldoshev avvaliga “Dev va pakana”, “Parvona” filmlarida akter sifatida o‘zini sinadi, keyin esa “21 asr Nasriddini”, “Qaldirg‘ochlar qaytadi” kabi filmlarda rejisser sifatida qatnashdi.

Aktyor va kinorejissyor bilan suhbatni to‘lig‘icha quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG