Линклар

Qur’oni olib qo‘yilgan jurnalist: "Mirziyoevni xalqqa yomonotliq qilishmoqchi"


Dildora Boymurodovaning ishonishicha, mahalliy hokimiyat vakillari Mirziyoevni xalq orasida "yomonotliq" qilishga urinmoqda

Dildora Boymurodovaning ishonishicha, mahalliy hokimiyat vakillari Mirziyoevni xalq orasida "yomonotliq" qilishga urinmoqda

Navoiy viloyat Karmana tumanida istiqomat qiluvchi nogiron jurnalist Dildora Boymurodova mahalliy hokimiyat vakillarini oddiy odamlar uyida tintuv o‘tkazish bilan prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevni "yomonotliq" qilishga urinayotganlikda aybladi.

Dildora Boymurodovaning Ozodlikning OzodMikrofon-ida yangragan bunday ayblovi bir guruh huquq-tartibot xodimlari uning uyini 6 oktabrda tintuv qilishi ortidan yangradi.

Dildora Boymurodovaning da’vo qilishicha, huquq-tartibot xodimlari uning uyini tintuv qilib, arab tilidagi "Qur’on" kitobi va planshetini olib ketganlar.

O‘xshash tintuvlar Dildora Boymurodovaning Karmanadagi yaqin qarindoshlari uylarida ham o‘tkazilgan.

Jurnalistning Ozodlikka aytishicha, 5 sentabrda tarkibida tuman miqyosidagi ba’zi ishxonalar rahbarlari – ayollardan iborat qariyb 20 kishilik guruh uning uyiga kelib, Shavkat Mirziyoevni tanqid qilgani uchun haqoratlagandi.

II-guruh nogironi bo‘lgan Dildora Boymurodova hozirga qadar bosh vazir virtual qabulxonasiga qilgan ikkita shikoyati ijobiy hal bo‘lgani uchun bosh vazir va prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevga nisbatan salbiy qarashlari o‘zgarganini aytdi.

Biroq, Dildora Boymurodovaning iddao qilishicha, bu galgi tintuv ishtirokchilaridan biri unga bosh vazir virtual qabulxonasiga "shikoyatbozlikni bas qilish" kerakligini aytgan.

Ozodlik Dildora Boymurodova ilgari surgan da’volar yuzasidan Karmana tumani ichki ishlar bo‘limidan izoh ololmadi.

O‘zbekiston Ichki ishlar idoralari 20 fevralda keng ko‘lamli “Tozalash - Antiterror” tadbirini boshlagan.

Bu tardir O‘zbekisonning deyarli barcha hududlarida olib borilmoqda.

Tekshiruv doirasida xorijga chiqqan o‘zbekistonliklarga oid shaxsiy ma’lumotlar to‘planib¸ ular bilan “profilaktik” suhbat o‘tkaziladi va maxsus ro‘yxatga kiritiladi.

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 776 368 434 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas

XS
SM
MD
LG