Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:22

Amerikadagi o‘zbeklar kimga ovoz berdi?


AQShdagi o‘zbeklar jamoasi.
AQShdagi o‘zbeklar jamoasi.

Aksar aholisi muhojirlardan tarkib topgan amerikaliklar 8 noyabr kuni AQSh jamiyatini qarama-qarshi qutbga bo‘lgan prezident saylovida ovoz berdilar. Ular orasida¸ prezidentlikka nomzodlardan biri Amerika hududiga “umuman kiritmaslik kerak” deb baholagan o‘zbekistonliklar ham bor.

8 noyabr kuni birinchilardan bo‘lib ovoz berish uchastkasiga chiqib¸ saylov varaqasini qutiga tashlagan o‘zbeklar orasida qariyb 20 yildan beri AQShda yashaëtgan Abdufattoh Mannopov ham bor.

Ozodlik muxbiri bog‘langan erta tong soatida Abdufattoh aka endigina saylovda ovoz berib uyiga qaytgan ekan:

- Men hali yechinib ham ulgurganim yo‘q¸ saylov uchastkasi biz yashaydigan binoning pastida joylashgan¸ endigina chiqib turgandim. Erta turib¸ birinchilardan bo‘lib ovoz beraman¸ deb pastga tushsam¸ tumonot odam¸ uzundan-uzun navbat. Keksa ham¸ yosh ham¸ ayolu bolalar ham shu yerda¸bayram. Parkovkaga mashina sig‘maydi. 9-yili saylovda qatnashayapman¸ lekin Amerika saylovlarida bunaqa faollikni birinchi ko‘rishim. Men ovozimni butun dunë biladigan¸ 120 mamlakatga tashrifda bo‘lgan¸ juda katta siyosiy tajriba¸ hurmat-e’tiborga ega bo‘lgan xonim Hillari Klintonga berdim¸ deydi o‘zbekistonlik olim Abdufattoh Mannopov.

Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonga ovoz berganlar orasida qariyb 10 yildan beri AQShda yashayotgan 32 yashar Jamoliddin ham bor.

Bu suhbatdosh¸ o‘zi tanlagan nomzodga¸ erta saylash huquqidan foydalanib¸ 8 noyabrni kutmasdanoq ovoz berganini aytadi:

- Men o‘tgan hafta ertaroq ovoz berib qo‘yuvdim. Hillari xonimga berdim. Yangilikni ko‘p tomosha qiladigan odam sifatida Trampga ovoz berish o‘xshamasligini tushundim. Normalniy odamga o‘xshamadi. Ochig‘i¸ Trampdan boshqa turli kandidatlar bo‘lmagani uchun¸ Hillari xonimga ovoz berishga majbur bo‘ldim. Prezident bo‘lmoqchi bo‘lganlar orasida eng yaxshisi shu¸ deb tanladim Klinton xonimni. Trampning gap-so‘zlaridan bu erda yashaëtgan bizga o‘xshagan immigrantlarga og‘ir bo‘ladigan. Klinton xonim bo‘lsa¸ bizga ko‘proq imkoniyatlar yaratib bermoqchi. Shu masala¸ men uchun belgilovchi mavzulardan biri bo‘ldi¸ deydi o‘zbekistonlik Jamoliddin.

8 noyabr kuni AQShda saylov uchastkalari ochilar-ochilmas gaplashganimiz 27 yashar Maryamjon ham hech ikkilanmay Amerika tarixida asosiy siyosiy partiya tomonidan prezidentlika ko‘rsatilgan ilk ayol siyosatchi - Hillari Klintonga ovoz berganini aytadi:

- Hillari Klintonga ovoz berdim¸ chunki u bugunning dolzarb muammolariga echim topmoqchi. Men uchun muhim masalalardan biri¸ bepul oliy ta’lim. AQShda deyarli hamma universitet pullik. Davlat universitetlarini bepul qilmoqchi¸ nolegal migrantlarning legallashishiga ërdam bermoqchi¸ ayollarning erkaklar bilan bir xil maosh olishini ta’minlamoqchi. Bu masalalar¸ shaxsan men uchun¸ muhim masalalar¸ deydi Klinton tarafdorlaridan biri Maryamjon.

AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik saylovchilar orasidan O‘zbekiston so‘zini to‘g‘ri ayta olmasdan¸ “bu terrorchilar yurtidan hech kimni Amerika tuprog‘iga qo‘ymaslik kerak¸ musulmonlarni Amerikaga qo‘ymaslik kerak”¸ deya baënot bergan respublikachilar nomzodi Donald Trampga ovoz berdim¸ deganni topish ancha qiyin bo‘ldi.

Nihoyat¸ suhbatdoshlar orasidan¸ mana hozir Trampga ovoz berish uchun chiqib ketayapman¸ degan o‘zbekistonlik ham topildi.

AQShda tahsil olaëtgan 43 yashar Ravshanbek¸ Trampni yoqtirmasa-da¸ Hillar Klintonga "messaj yuborish"¸ uning siyosati¸ hatti-harakatlaridan noroziligini ifodalash uchun Trampga ovoz berishga qaror qilganini bildirdi:

- Ochig‘i¸ men Trampni ëqtirmayman. Uning ko‘p gapini ham jiddiy qabul qilmaslik kerak¸ deb o‘ylayman. Chunki u shoumen¸ ichki iste’mol uchun musulmonlar haqida¸ migrantlar haqida har xil bo‘lmag‘ur gaplarni gapirdi. Lekin uning ishiga qarab baho berish kerak. Masalan¸ Klinton saylov kampaniyasiga har xil guruhlar pul o‘tkazdi. Ertaga prezident bo‘lsa¸ bo‘lishi aniqligini men ham bilaman¸ ularning nog‘orasiga o‘ynaydi-da! Klinton amerikaliklar orasida o‘z siësatidan norozi bo‘lganlar borligini bilishi kerak. Shuning uchun ëqtirmasam ham¸ yutqizishini bilsam ham¸ Trampga ovoz berdim¸ deydi Ravshanbek.

AQShda qancha o‘zbekistonlik yashaëtgani¸ ularning qay qismi hujjatsiz¸ qay qismi esa Green Card yoki AQSh pasportiga ega ekanligiga doir aniq ma’lumot yo‘q.

AQSh Davlat departamentining Konsullik ishlari bo‘yicha statistika byurosiga ko‘ra¸ 1996-2016 yillar davomida 56,028 o‘zbekistonlik oila AQShda yashash va ishlash haqqini beruvchi Green Card lotereyasini yutib¸ Amerikaga ko‘chib kelgan.

Har bir oilada o‘rtacha ikkitadan odam AQShga ko‘chib kelgani nazarda tutilsa¸ bugunga kelib AQShda qonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar sonining 100 mingdan oshganini taxmin qilish mumkin.

XS
SM
MD
LG