Линклар

WikiLeaks asoschisi Julian Assanj guruhb Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klintonga tegishli minglab elektron maktubni saylovga ta’sir o‘tkazish maqsadida e’lon qilmagani to‘g‘risida bayonot berdi.

Assanj 8 noyabr kuni e’lon qilgan bildiruvida “Keyingi oylarda WikiLeaksga va shaxsan menga Klinton kampaniyasi o‘zi haqida o‘ziga nima deyayotganini chop etishni to‘xtatishimiz uchun katta bosim o‘tkazildi”, deyiladi.

“Bu saylov natijasiga ta’sir o‘tkazish istagi bilan bog‘liq emas.”

WikiLeaks e’lon qilgan minglab elektron maktublar Klinton kampaniyasi menejeri Jon Podesta maktublaridir. Assanj bu maktublarni qanday qo‘lga kiritganini ochiqlaganini yo‘q.

Ammo AQSh kiberxavfsizlik mutaxassislari buning ortida rossiyalik hakerlar turganiga ishonishadi. Federal qidiruv byurosi bu hujumlarda Rossiya qo‘li bor yoki yo‘qligini tergov qilmoqda.

Assanj bildiruvida Rossiyaning bunga aloqasi yo‘qligi ta’kidlanadi.

“Klinton kampaniyasi ochiq-oydin yolg‘onlarni tarqatish bilan shug‘ullanmayotgan paytida razvedka jamiyatining manbasi oshkor qilinmagan yoki spekulyativ va noaniq iddaolari yordamida Rossiya bilan yovuz hamkorlik qilganimizni aytishdi”, dedi Assanj.

“Kampaniya bizning nashrlarimiz haqida dalil keltira olmadi, chunki bunday dalil yo‘q”.

Assanj WikiLeaks Respublikachilar nomzodi Donald Tramp Haqida material chop etmaganining sababi tashkilot u haqda ichki ma’lumotlarni qo‘lga kiritmaganidir, dedi.

“Biz o‘zimida yo‘q narsani chop eta olmaymiz”.

“Bizni Klinton arxivlari bo‘yicha domen mutaxassisi, deb bilishadi. Shunday ekan, Klinton manbalarining bizga murojaat qilishidan ajablanmasa ham bo‘ladi”, dedi u.

“Bu nashrlarning ahamiyati haqida hech kim tortishgani yo‘q”, deya qo‘shimcha qildi Assanj.

“WikiLeaks saylov davomida ommadan bunday arxivni yashirsa, noinsoflik bo‘lardi”.

Assanj saylovda kim g‘olib chiqishidan qat’i nazar, WikiLeaks bunday ma’lumotlarni e’lon qilishda davom etishini bildirdi.

“Demokratlar nomzodi ham, Respublikachilar nomzodi ham ma’lumot sizdiruvchilarga yomon ko‘z bilan qaraydi”, dedi Assanj.

XS
SM
MD
LG