Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:37

Moliyaviy tahlilchi: AQSh prezidenti saylovidan so‘ng dollar kuchayadi...


AQShda ishlayotgan moliyaviy tahlilchi Farhod Inog‘omboev.
AQShda ishlayotgan moliyaviy tahlilchi Farhod Inog‘omboev.

Donald Tramp AQShning navbatdagi prezidenti etib saylanishi ortidan global birja bozorlari hamda AQSh dollari tushib ketdi. Investorlar Tramp g‘alabasi global miqyosda iqtisod va savdo sohalarida beqarorlik keltirib chiqarishidan hamda uzoq siyosiy noaniqlikka olib kelishidan xavotirdadir.

Tramp bozorlar xushlab kelayotgan Hillari Klintonni mag‘lub etishi ortidan 9 noyabr kuni ertalab Yevropa birjalari pastlab ketdi.

AQSh birja ko‘rsatkichlari 5 foizga pastladi. Britaniya Yevropa Ittifoqini tark etishga qaror qilganda ham bunday bo‘lmagan edi.

Tramp g‘olib chiqsa AQSh va Meksika o‘rtasida “chiroyli devor” o‘rnatishni va’da qilib kelayotgani uchun Meksika pesosi ayniqsa qattiq zarb edi va AQSh dollariga nisbatan rekord past darajaga tushdi.

Aksar bozorlar Klinton g‘olib chiqishini istagan edi, chunki investorlar Klinton prezident Barak Obama siyosatini davom ettirishiga ishonch bog‘lagan edi.

Ozodlik AQSh prezidenti saylovidan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatni sharhlab berishni so‘rab, Qo‘shma Shtatlardan moliyaviy tahlilchi Farhod Inog‘omboevga bog‘landi.

Фарҳод Иноғомбоев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:38 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG