Линклар

logo-print

Sherqo‘zi G‘oziev: Navro‘zni taqiqlagan mulozim menga to‘siq qo‘ygan


Uzbekistan - uzbek actor, film director Sherqozi Goziev

Uzbekistan - uzbek actor, film director Sherqozi Goziev

O‘zbekiston televideniesi tarixidagi ilk hajviy dastur “Teleminatyuralar teatri”da rollar o‘ynagan va hind kinolariga parodiyalari bilan tanilgan 66 yashar unvonsiz san’atkor Sherqo‘zi G‘oziev Ozodlikka eksklyuziv suhbat berdi.

O‘zbekiston telekanallaridan tanqidiy fikrlari qirqib tashlanganidan shikoyat qilgan san’atkor O‘zbekistonning yangi rahbariyati davrida katta sahnalar eshigi o‘zi uchun ochilajagidan umidvorligini bildirdi.

Sherqo‘zi G‘oziev suhbat asnosida Ergash Karimov¸ Hasan Yo‘ldoshev¸ Sadir Ziyomuhammedov va Abdurahmon Ahmedov kabi o‘zbek hajviy teleminiatyurasi ustalarini esga olib ular bilan birga tushgan suratlarini Ozodlik mushtriylari bilan baham ko‘rdi.

Mening ismim masxaraboz

Ozodlik bilan suhbatda Sherqo‘zi G‘oziev san’atga kirib kelishini taniqli hind kinochisi Raj Kapur fil’mlarining O‘zbekistonda namoyish qilinishi bilan bog‘ladi.

- O‘shanda 9 yoshda edim Raj Kapurning “Daydi” va Janob-420” filmlarini qishlog‘imizdagi kinoteatrda ko‘rib san’atkor bo‘lishga havsalanganman. Bu kinolardagi qo‘shiqlarni ëdlab aytib yurganman ko‘cha-ko‘yda. Ularni qo‘shiqlari yupqa gramplastinkalarda chiqardi. O‘shalarni yirtilib titilib ketgunga qadar qayta-qayta eshitardim. Ayniqsa “Daydi” filmdagi “Meri juppa Hindustani” deb boshlanadigan qo‘shiqni aytib Farg‘ona maktablarida birinchi o‘rinni olganman¸ deydi qiziqchi.

Sherqo‘zi G‘ozievning aytishicha qiziqchining hayoti doimo ham quvonchli bo‘lmaydi

- Raj Kapurning “Mening ismim masxaraboz” originalda “Mera Naam Joker” degan kinosini ko‘zimda yosh bilan tomosha qilganman. Qiziqchining fojiali haëti haqida edi bu film. O‘zimning hayotimda ham shunaqa damlar bo‘lgan¸ deya eslagan Sherqo‘zi G‘oziev o‘tgan asrning saksoninchi yillarida O‘zbekiston SSR Komfirqasi rahbarlaridan biri Ra’no Abdullaeva buyrug‘i bilan sahnadan quvilganini afsus bilan esladi.

XS
SM
MD
LG