Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:50

Abdulla Oripov janozasida Shavkat Mirziyoev qo‘l bog‘lab turdi (VIDEO)


Abdulla Oripov Chig‘atoy qabristonida dafn etildi
Abdulla Oripov Chig‘atoy qabristonida dafn etildi

AQShning Texas shtati, Hyuston shahrida 5 noyabr kuni 75 yoshida vafot etgan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov Toshkentdagi Chig‘atoy qabristonida dafn etildi.

Abdulla Oripov jasadi Qo‘shma Shtatlardan 8 noyabr kuni Moskva orqali Toshkentga yuborilgan edi.

Abdulla Oripov Do‘rmondagi hovlisidan chiqarildi, janoza marosimi 11:00 da boshlandi.

Ozodlik mobil muxbirining yozishicha, janoza marosimida yuzlab odamlar ishtirok etdi.

Абдулла Орипов дафн этилди
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:13 0:00

Mayit chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi Istanbuldan Toshkentga uchoqda olib kelingandi, deydi Toshkentdan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov.

Tashanov shoir ma’rakasi payshanba kuni ertalab soat 8dan boshlanganini aytdi.

Birinchi marta

Mayit Chig‘atoy qabristonida tuproqqa qo‘yildi
Mayit Chig‘atoy qabristonida tuproqqa qo‘yildi

Abdurahmon Tashanov janoza marosimiga prezident vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoevning kelganidan hayratlanganini ilova qildi.

"Soat sakkiz yarimlar atrofida O‘zbekiston bosh vaziri, muvaqqat prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoev kelib, hukumat a’zolari bilan birgalikda Abdulla Oripovni xonadonida, haligi o‘zbekchilikka..., qo‘l bog‘lab turishdi to o‘n yarimlargacha o‘sha yerga kelganlar bilan so‘rashib. Men birinchi marta bunaqangi holatni ko‘rishim. Chunki, u yerda kelmagan amaldorning o‘zi yo‘q edi," deyi Abdurahmon Tashanov.

Tashanov O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi, yig‘ilganlardan uzr so‘ragan holda, janoza marosimini tark etganini aytdi.

Abdulla Oripov janozasini ertalab soat 11da O‘zbekiston musulmonlar idorasining raisi, muftiy Usmoxon Alimov o‘qidi.

Mayitni so‘nggi manzilga yuzlab odamlar mashinalar karvonida yo‘l patrul xizmati xodimlari nazoratida kuztishdi.

XS
SM
MD
LG