Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:28

Rossiya ombudsmeni hukumatdan migrantlarni deportatsiya qilish uchun pul so‘radi


Rossiyada inson haqlari bo‘yicha ombudsmen Tatyana Moskalkova chet elliklarni saqlash markazlari (SUVSIG) uchun mablag‘ ajratishni so‘rab, Rossiya hukumatiga murojaat qildi. Ombudsmenga ko‘ra, mablag‘ kamligi bois, mehnat muhojirlarini deportatsiya qilish jarayoni uzoqqa cho‘zilmoqda. Huquq faollari ma’lumoti bo‘yicha, Rossiya deportatsiya markazlarda saqlanayotgan xorijliklarning ko‘pini O‘zbekiston vatandoshlari tashkil etadi.

Rossiyada inson haqlari bo‘yicha ombudsmen Tatyana Moskalkovaning aytishicha, deportatsiya markazlarida muhojirlar ba’zan 2-3 yilga qadar ushlab turiladi. Bunday vaziyat, Tatyana Moskalkovaning fikricha, muhojirlar orasida o‘z joniga qasd qilish, norozilik chiqishlari hamda ijtimoiy tanglikni yuzaga keltirmoqda.

23 sentabrda Rossiya igratsiya qonunlarini buzgan muhojirlarni deportatsiya qilishni vaqtincha to‘xtatgandi. Rus ommaviy axborot vositalari mahalliy mutasaddilarga tayanib Rossiya Ichki ishlar vazirligida xorij vatandoshlarini badarg‘a qilish va hujjat rasmiylashtirishga mablag‘ yetmayotganini xabar qilgandi.

Rossiya prezidenti huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha Kengash migratsiya komissiyasi rahbari Yevgeniy Bobrov, Ozodlik bilan suhbatda, deportatsiya markazlari uchun mablag‘ ajratish murojaatiga hukumat hozircha munosibat bildirmaganini aytdi.

Yevgeniy Bobrovning ishonishicha, agar Rossiya hukumati zudlik bilan etarli miqdorda mablag‘ ajratmasa, vaziyat yanada keskinlashi mumkin.

Rossiyada deportatsiya bilan shug‘ullanadigan Migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarma unda mablag‘ yo‘qlini bildirgan.

Oldin, boshqarmaga ko‘ra, deportatsiya qilish uchun pul ajratilgan, lekin yetarli miqdorda bo‘lmagan.

- Biz hukumatga qilgan murojaatimizda iloji boricha tezroq mablag‘ ajratishni so‘radik. Chunki, Rossiya hukumati yetarli miqdorda pul ajramagani bois, insonlar o‘z ixtiyorlariga qarshi, bir necha oylab deportatsiya markazlarida ushlab turiladi, - dedi Yevgeniy Bobrov.

Rossiya hukumati muhojirlar saqlanayotgan deportatsiya markazlari uchun oyiga 23-25 ming rubl (taqridan $395) mablag‘ ajratadi.

Ushbu mablag‘ – muhojirlarning yeb-ichishi, kommunal xizmat, markaz xizmatchilari maoshlari va boshqa xarajatlar uchun sarflanadi.

Mehnat muhojirlarning o‘z pullari evaziga deportatsiya qilish ham qo‘llaniladi, biroq bunday amal Rossiya qonunlariga kiritilmagan.

Yevgeniy Bobrovning aytishicha, Rossiya prezidenti huzuridagi inson haqlari bo‘yicha Kengash yaqinda Rossiya hukumatga topshirgan taklifida, o‘z mablag‘i hisobida deportatsiya qilingan muhojirning Rossiyaga kirish taqiqi qisqartirilishi ham o‘rin olgan.

- Deportatsiyaga tushgan muhojirlarning o‘z mablag‘i hisobiga deportatsiya qilish ma’muriy koddeksga kiritish lozim. Agar muhojirning Rossiyaga kirishiga taqiq kiritilgan bo‘lsa, ushbu taqiq muhlatini qisqartirishni taklif qildik, - dedi Yevgeniy Bobrov.

O‘zbekiston vatandoshi Javlon Yaroslav viloyati Tutaev shahridagi xorijlarni vaqtinchalik saqlash markazida (SUVSIG) yarim yildan buyon ushlab turilmoqda. Javlonning aytishicha, markazdagi xorijliklarning aksari o‘zbekistonliklardir.

- Men turgan ikkinchi qavatda turmadan chiqqanlar, pastki qavatda ko‘chadan tutib kelingan migrantlar o‘tirishibdi. Ko‘chadan ushlab kelingan o‘zbekistonliklar taqriban 40 nafarga yaqin. Qamoq jazosini o‘taganlar esa taqriban 15 kishi. Eng kami 2 oydan buyon o‘tiribdi. Qolganlari yarim, hatto bir yildan ham ortiq kutib o‘tirishibdi. Bu yerda ko‘pchilik pul kelishiga qarab o‘tiribdi. “O‘zlaring pul topib ketinglar”, deb aytishyapti. Odami borlar, pul keltirib beryapti, menga o‘xshaganlar esa oylab, hattoki, yillab o‘tiribdi. Sharoiti og‘ir, qamoqdan qolishmaydi, tashqariga chiqarmaydi, hatto derezalar shishasi kraska qilingan, tashqaridagi manzarani ko‘rolmaysan, - dedi Javlon.

Rossiya matbuotining Federal migratsiya idorasiga tayanib yozishicha, 80ga yaqin migratsiya markazlarida 5,7 ming nafar chet ellik saqlanmoqda.

Ularning 1,7 ming nafari Markaziy Osiyo vatandoshlaridan iborat.

So‘ngi paytlada Rossiya deportatsiya muassalarida xorijliklar orasida norozilik chiqishlari, hatto o‘z joniga qasd qilish hollari ham kuzatilgan.

Joriy yil yozida Tula deportatsiya markazida o‘zbekistonlik nogiron o‘zini osib qo‘ygani borasida Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG