Линклар

Obama Tramp bilan Oq uyda o‘tish davri masalalarini muhokama qildi (VIDEO)


AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp payshanba kuni amaldagi prezident Barak Obama bilan uchrashdi.

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp payshanba kuni amaldagi prezident Barak Obama bilan uchrashdi.

AQShning saylangan prezidenti Donalьd Tramp payshanba kuni amaldagi prezident Barak Obama bilan uchrashish uchun Oq uyga borar ekan, davlat arbobining harakatlanishi jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishi kerak, degan an’anadan voz kechdi. Tramp jurnalistlarning o‘zi bilan birgalikda Oq uyga borish istagini e’tiborga olmadi. Oq uydagi uchrashuv esa 15 daqiqa o‘rniga 1 soat davom etdi.

Oq uyda 10 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv Barak Obama tashabbusi bilan o‘tkazildi. Tramp jurnalistlarni o‘zi bilan Oq uyga uchrashuvga borishini istamadi va bo‘lg‘usi ish joyiga rafiqasi Melaniya bilan birga keldi.

AQShning saylangan prezidenti maslahatchisi ham jurnalistlarning savollariga javob bermadi hamda ularning Trampni Oq uyga kuzatib borish talabini rad etdi.

Amaldagi prezident Obama uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga Tramp bilan ichki va tashqi siyosatning keng qamrovli spektrlarini muhokama qilganini aytdi.

- Men saylangan prezident Tramp bilan maroqli suhbat qurdim. Keng qamrovli masalalarni muhokama qildik. Oq uydagi tashkiliy masalalar haqida gaplashdik. Biz tashqi va ichki siyosat haqida suhbatlashdik. Yaqin ikki oy davomida men uchun birinchi galdagi ustivor vazifa - o‘tish davrini yangi saylangan prezidentga muvaffaqiyat keltiradigan yo‘sinda uyushtirishdir. Bu haqda men kecha kechqurun ham aytgan edim, - dedi Barak Obama.

Tramp prezident sifatida AQSh duch kelayotgan ko‘plab muammolar bo‘yicha o‘z komandasi bilan birga ishlashini aytgan va bu Obamani xursand qilgan.

- Meni saylangan prezident Trampning buyuk davlatimiz oldida turgan barcha muammolar bo‘yicha komandam ishiga ko‘rsatgan tavajjuhi ilhomlantirdi. Men,qaysi partiyaga mansubligimiz va qanaqa siyosiy qarashlarga egaligimizdan qat’iy nazar, qarshimizda turgan xavf-xatarlarni yengish uchun birgalikda ishlashimiz o‘ta muhim, deb hisoblayman, - dedi Obama.

Uchrashuvdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob bergan Donalьd Tramp Obama bilan suhbat 15 daqiqaga mo‘ljallangani, ammo amalda bir soatdan ko‘proq davom etgani haqida gapirdi. Tramp kelajakda ham Obama bilan qayta uchrashini orziqib kutishini aytdi.

- Prezident Obamaga minnatdorchilik bildiraman. Bu uchrashuv 10-15 daqiqaga mo‘ljallangan va biz faqat bir-birimiz bilan tanishishimiz uchun tayinlangan edi. Biz avval hech qachon bir-birimiz bilan uchrashmagan edik. Men Obamani juda hurmat qilaman. Uchrashuv bir-bir yarim soat davom etdi. U yana ham ko‘proqqa cho‘zilishi mumkin edi, - dedi Tramp.

Amaldagi vitse-prezident Jo Bayden ham 10 noyabrь kuni Oq uyda saylangan vitse-prezident Mayk Pens bilan uchrashdi. AQSh birinchi xonimi Mishel Obama esa Tramning rafiqasi Melaniya bilan suhbatlashdi.

Obama bilan uchrashuv yakunlanganidan so‘ng Kongress Vakillar palatasi raisi, respublikachi Pol Rayyan qabulida bo‘lgan Tramp prezident sifatida qasamyodga keltirilganidan so‘ng zudlikda sog‘liqni saqlash va immigratsiya masalalaridagi saylovoldi va’dalarini bajarishga kirishishini aytdi. Tramp o‘z so‘zida “biz soliqlarni qisqartirish niyatidamiz”, deb ta’kidladi.

Tramp saylovoldi nutqlarida Obama tomonidan o‘tkazilgan sog‘liqni saqlash islohotiga qarshi ekanini aytgan hamda muhojirlarni AQShga kiritmaslik, ularning sonini ozaytirish kabi va’dalarni bergan edi.

Tramp 2017 yilning 20 yanvaridan boshlab prezident sifatida ish boshlaydi.

XS
SM
MD
LG