Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:38

Tashqi ishlar vazirligi ham virtual qabulxona ochdi


Endi shikoyatlar bilan bevosita Tashqi ishlar vaziri A.Komilovga murojaat qilish mumkin
Endi shikoyatlar bilan bevosita Tashqi ishlar vaziri A.Komilovga murojaat qilish mumkin

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida idora rahbari Abdulaziz Komilov virtual qabulxonasi ish boshladi. 2016 yilning 10 noyabr kuni ish boshlagan qabulxona “dunyoning barcha mintaqalaridan” bo‘lgan arz-shikoyatlarni qabul qilishi aytildi. Ayni paytda, virtual kutubxonaga bo‘layotgan o‘zbekistonliklar murojaatlari yuzasidan boshqa davlat idoralarida ham "shikoyatlar bilan ishlash" bo‘limlari tashkil etilmoqda.

Shu yilning 10 noyabrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy veb saytida virtual qabulxona ish boshladi.

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, vatandoshlar shaxsan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning o‘ziga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Dunyoning barcha mintaqalaridan jismoniy va yuridik shaxslar kunu tun o‘z savol, ariza, shikoyat va takliflari bilan bevosita Tashqi ishlar vaziriga murojaat etishlari mumkin”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi idorasi rasmiy xabarida.

Arz-shikoyatlar bevosita veb sahifa orqali yoki +998-71-233-28-28 raqamli ishonch telefoni orqali qabul qilinayotgani bildirildi.

Saytda ko‘rsatilgan virtual qabulxona telefon go‘shagini ko‘targan navbatchi diplomatdan Ozodlik qabulxona masalasida quyidagi tafsilotlarni oldi:

- Tashqi ishlar vazirligi faoliyatiga dahldor bo‘lgan masalalari bilan murojaat qilish mumkin. Nafaqat chet elda yurgan – O‘zbekistonda yurganlar ham arz qilishi mumkin. Ko‘rib chiqish muddati “Fuqarolar va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq ko‘rib chiqiladi. Ko‘rsatilgan masalarning o‘rganish-o‘rganmaslik darajasiga qarab, 10 kundan 1 oygacha muddatda javob beriladi, dedi Tashqi ishlar vazirligi mulozimi.

Tashqi ishlar vazirligi virtual qabulxonasi O‘zbekiston prezidenti va bosh vaziri vazifasini bajarayotgan Shavkat Mirziyoev o‘zining virtual qabulxonasini ochganidan deyarli ikki oy o‘tib ish boshladi.

Tashqi ishlar vazirligi shikoyatxonasiga murojaat qilgan ayrim o‘zbekistonliklar o‘z arzlari masalasida javob kutib qolmoqda.

Bular qatorida Farg‘onaning So‘x anklavi aholisi ham bor. Ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan so‘xlik vatandoshlardan biri chegarada yuzagan kelgan juda og‘ir vaziyat masalasida Abdulaziz Komilov qabulxonasiga qilingan murojaatga “Yaqinda hal bo‘ladi, kuting!” javobi berilganini aytdi.

Suhbatdosh So‘xdan tashqari Shohimardon eksklavi, O‘sh va Jaloloboddan kelgan odamlar tufayli O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida katta navbatlar yuzaga kelayotganidan shikoyat qildi.

- Mirziyaevga yozishgan – “Yaqinda hal bo‘ladi!”, deyishdi. Ikkinchi marotaba kelib “Hal bo‘layapti”, dediyu odamlar vazirlikka ham chiqdik deyapti. Abdulaziz Komilovning o‘rinbosari Qirg‘iziston chegarasi bo‘yicha uchrashuv asosida bayonot beribdiki, “Yaqin qoldi”, deb. Yaqinda qirg‘iz GAIlari so‘xliklarni to‘sib majburlab “Vodil tomonga yo‘l yaxshi, GAI yo‘q, hammasi tinch”, deb qo‘l qo‘ydirdi. Ichki ishlarga ham besamara murojaat qildik. Mana 4 yil bo‘ldi bu muammoga. Hozir Rishtonga bormoqchi bo‘lsak, 4 soatda borayapmiz. Bugun uydagilarim 3 soat navbatda qirg‘iz chegarasida turibdi o‘tishga. Agar Rishton tomoni ochilgan bo‘lsa, biz majbur bo‘layapmiz 250 kilometrga aylanib o‘tib O‘zbekistonga kirishga. Ilgari 15-20 minutli yo‘lni hozir 7-8 soatda bosib o‘tayapmiz, dedi Tashqi ishlar vazirligiga qilingan murojaat bo‘yicha javob kutilayotganini aytgan so‘xlik vatandosh.

Eslatish joyizki, manzili pm.gov.uz bo‘lgan Shavkat Mirziyoevning qabulxonasi O‘zbekistondagi jismoniy va yuridik shaxslarning ariza va shikoyatlarini qabul qilishni davom ettirmoqda. Bosh vazir qabulxonasiga ariza, shikoyat va talab-takliflar

(0 800) 210−0000 telefon raqami yoki “1000” qisqa bepul raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali yuborilishi aytilgan.

O‘zbekiston Bosh vaziri qabulxonasiga yuborilayotgan arzlar soni allaqachon 70 mingdan oshganini hisobga olgan holda, barcha vazirlik va mutassaddi idoralarda arizalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus bo‘limlar tuzilgani xabar qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligida virtual qabulxonaga yuborilayotgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish bilan yangi tuzilgan maxsus bo‘lim shug‘ullanmoqda. O‘zbek militsiyasi rasmiy hisob-kitobiga ko‘ra, Ichki ishlar qabulxonasiga yuborilgan 3,5 ming so‘rovning 40 foizi yashash joyi bo‘yicha qaydga turish, kirdi—chiqdi, biometrik pasport olish va vatandoshlik masalalariga bag‘ishlangan.

XS
SM
MD
LG