Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:34

Mogerini: AQSh Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatini o‘zgartira olmaydi


O‘tgan oy so‘nggida Tehronga safar qilgan Mogerini¸ Eron bilan imzolanilgan kelishuvga amal qilishning YeI va xalqaro hamjamiyat uchun muhimligini ta’kidladi.
O‘tgan oy so‘nggida Tehronga safar qilgan Mogerini¸ Eron bilan imzolanilgan kelishuvga amal qilishning YeI va xalqaro hamjamiyat uchun muhimligini ta’kidladi.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat mutassadisi Federika Mogerini AQSh prezidentligiga saylangan Donald Tramp ma’muriyati Rossiya va Eron bo‘yicha mamlakat siyosatini o‘zgartirgan taqdirda ham, ittifoq Rossiya bo‘yicha o‘z siyosatini o‘zgartirmasligini bildirdi.

Mogerini “boshqalar siyosatida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi Qrim anneksiyasi hamda Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha qa’tiy pozitsiyaga ega” ekanligini ta’kidladi.

Mogerini bu shahrlarni 13 noyabr kuni Bryusselda AQShdagi prezidentlik saylovi natijalarini muhokama qilish uchun o‘tkazilgan Tashqi ishlar vazirlari yig‘inidan keyin aytdi.

Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni olqishlab kelayotgani uchun u AQShning Moskva bo‘yicha siyosatini yumshatishi hamda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishi mumkin, degan xavotirlar yuzaga kelgan. Yevropa Ittifoqi ham Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari uchun unga qarshi sanksiya joriy qilgan.

Mogerini Bryussel Rossiya bilan ko‘plab xalqaro masalalar, jumladan, Eron bilan erishilgan yadroviy kelishuv bo‘yicha “samarali muloqot” olib borishda davom etishini qo‘shimcha qildi.

Mogerini Tehron va qudratli davlatlar o‘rtasida o‘tgan yilda imzolangan shartnoma BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi yordamida ma’qullangan xalqaro kelishuv ekanligini hamda uni “to‘liq amalga oshirish” Yevropa hamda BMT uchun muhim ekanligini aytdi.

Tramp o‘z saylov kampaniyasi davomida Tehron bilan erishilgan kelishuv faqat Eron foydasini ko‘zlovchi “dahshatli” shartnoma ekanligini ta’kidlab, saylovda g‘olib qozonsa, uni “yirtib tashlashini” ta’kidlagan.

Mogerini Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson siyosiy sabablarga ko‘ra Bryusselda bo‘lib o‘tgan yig‘inda ishtirok etmaganini aytdi. Yig‘inda yana Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro ham qatnashmadi.

XS
SM
MD
LG