Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:31

Moskva va Peterburgda ushlangan muhojirlar ommaviy terror uyushtirishda gumonlanmoqda


12 noyabr kuni Sankt-Peterburgda qo‘lga olinganlar.
12 noyabr kuni Sankt-Peterburgda qo‘lga olinganlar.

Rossiyada O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kelgan 10 muhojir "Islomiy davlat" guruhiga mansublikda gumonlanib qo‘lga olindi. Federal xavfsizlik xizmati rasmiy xabariga ko‘ra, hibs etilgan shaxslar Moskva va Sankt-Peterburgda qator terrorchilik aktlarini sodir etishda gumonlanmoqda.

Rossiya ommaviy axborot vositalari o‘tgan yakshanba kuni Federal xavfsizlik xizmati tomonidan terrorchilikda gumonlanib Sankt –Peterburgda 7 kishi, Moskvada esa yana 3 kishi ushlanganini xabar qildi. Peterburg va Moskvada qo‘lga olinganlar O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston vatandoshlaridir.

"Novosti" agentligi esa Federal xavfsizlik xizmati (FSB) mazkur amaliyotni Qirg‘iziston va Tojikiston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda amalga oshirganini bildirdi. FSB operativ xabariga ko‘ra, ularning maxfiy xizmatlar nazorati ostiga olinishiga “shubhali telefon suhbatlari” bo‘lgan.

Moskvadagi kvartirada ushlangan uch nafar santexnika savdogarlaridan “uchta o‘ta kuchli portlovchi bomba” musodara qilingani, Peterburgda hibs etilganlarning esa “Peterburgda terrorchilik xuruji uyushtirib, Suriyaga jihodga jo‘nab ketishga” hozirlangani aytildi.

Internet tarmoqlarida terrorchilikda gumonlanayotgan o‘zbek-tojik muhojirlarini qo‘lga olish amaliyoti videotasvirlari paydo bo‘ldi.

(Rossiya FSBsi operativ videotasviri)

“Rossiyskaya gazeta” rasmiylarga tayangan holda¸ qo‘lga olinganlarning Moskva va Peterburgda bir vaqtning o‘zida 2015 yilning 13 noyabrida Parijda sodir etilgan terrorchilik hujumiga o‘xshash xurujlarni rejalashtirganlikda ayblanayotganini bildirdi. O‘tgan yili Parijda sodir etilgan terror hujumida 130 odam halok bo‘lgan edi.

Xabarda aytilishicha, qo‘lga olinganlardan tintuv paytida qurol-yarog‘, o‘q-dori va portlovchi moslamalar topilgan.

XS
SM
MD
LG