Линклар

Qozog‘istonda prezident Nursulton Nazarboev surati aks ettirilgan esdalik pul chiqarilmoqda. Yangi banknota mamlakatda Birinchi prezident kuni nishonlanadigan sana — 1 dekabrda taqdim etiladi.

Qozog‘iston Milliy banki raisi Doniyor Akishev mamlakat Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan Nursulton Nazarboev surati tushirilgan 10 mingtalik banknota va tanga 1 dekabr kuni muomilaga kiritilishini bildirdi.

10 ming tanga Qozog‘iston Markaziy banki kursiga ko‘ra 29 AQSh dollariga tengdir. Qozog‘istondagi eng yirik banknota esa 20 ming tangalik banknotadir.

Hozir Qozog‘istonda 1 AQSh dollari 345 tangani tashkil etmoqda.

Hozir Qozog‘istonda 1 AQSh dollari 345 tangani tashkil etmoqda.

Qozog‘iston o‘z milliy puli tangani ilk bor 1993 yilda muomilaga kiritgan edi. O‘sha paytda 4,75 tanga 1 AQSh dollariga teng bo‘lgan edi.

O‘tgan yilning avgust oyida “erkin suzish"ga qo‘yib berilgan qozoq tangasi so‘nggi bir yilda ikki barobarga qadrsizlandi.

Hozir Qozog‘istonda 1 AQSh dollari 345 tangani tashkil etmoqda.

XS
SM
MD
LG