Линклар

Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukaev 15 noyabrga o‘tar kechasi hibsga olindi. Rossiya Tergov qo‘mitasiga ko‘ra, Ulyukaevning qo‘lga olinishiga 14 noyabr kuni vazirlik tomonidan "NK "Rosneft" OAJ tomonidan "Bashneft" ANK" OAJning 50 foiz aksiyasini xarid qilish paketini ma’qullashi uchun 2 mln dollar pora olgani sabab bo‘lgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukaevning hibsga olinishi haqida oldidan xabardor qilingan.

Bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

"Prezidentga bu haqda bildirilgan, u boshidan hammasidan xabardor edi”, - dedi Peskov.

O‘z navbatida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham Ulyukaev ishi yuzasidan izchil tergov olib borilishi kerakligini bildirgan.

Interfaks agentligining parlamentdagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, seshanba kuni Ulyukaev "Yedinaya Rossiya" partiyasining fraktsiya kengashida qatnashishi kerak bo‘lgan, lekin uning ismi so‘nggi daqiqalarda majlis qatnashchilari ro‘yxatidan g‘oyib bo‘lgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi Ulyukaev 15 noyabrga o‘tar kechasi hibsga olinganini bildirdi.

Qo‘mita vakiliga ko‘ra, Ulyukaevning qo‘lga olinishiga 14 noyabr kuni vazirlik tomonidan "NK "Rosneft" OAJ tomonidan "Bashneft" ANK" OAJning 50 foiz aksiyasini xarid qilish paketini ma’qullashi uchun 2 mln dollar pora olgani sabab bo‘lgan.

"Rosneft" OAJ mulozimlari Rossiya Tergov qo‘mitasi bayonoti yuzasidan izoh berishmadi.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligidagilar esa Ulyukaevning hibsga olinishi ular uchun kutilmagan xol bo‘lgani, lekin vazirlik ishini davom ettirayotganini aytishdi.

Hozirda Ulyukaev o‘rniga Iqtisodiy taraqqiyot vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Aleksey Vedev tayinlangan.

XS
SM
MD
LG