Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:25

O‘shlik ayol o‘zbek chegarasida vafot etdi


O‘zbek-qirg‘iz chegarasida
O‘zbek-qirg‘iz chegarasida

Toshkentning Chernyaevka chegara nazorat punktida O‘zbekistonga kiritilmagan o‘shlik Odinaxon Mirzakarimova yurak hurujidan vafot etdi. Yaqinlarining Ozodlikka bildirishicha, kecha Odina Matkarimova o‘z yurtida dafn etildi.

Shu yilning 13 oktabrida O‘shning Cheryomushki mavzesidan bo‘lgan Odina Matkarimova Toshkent shahriga singlisi taklifi bilan to‘yga boradi.

3 kunlik yashash muddati tugagani sababli u chegaraga, Chernyaevka nazorat postiga kirdi-chiqdi qilish uchun boradi. Biroq, o‘zbek chegarachilari uni ichkariga qaytarib kiritmadi, deydi hodisa tafsilotlarini Ozodlikka so‘zlab bergan opaning qo‘shnisi Xayrullo Jalolov.

- Bu Chernyaevka, hozirgi G‘ishtko‘prik O‘zbekistondan Qozog‘istonga "registratsiya qilaman, muddatni uzaytiraman", deb chiqqan. Lekin 16 oktabrda unga kirishga ruxsat bermay quygan. U erda biroz tortishuv bo‘lib, yuragi ushlab haligi joyda Chimkent oblastining Taraz degan bolnisasida joni uzilib qoldi, dedi Xayrullo aka.

Suhbatdosh jasad 19 oktabr kuni shifoxonadan yaqinlari tomonidan O‘shga qaytarib olib kelinganini bildirdi. Odina Matkarimova shu kuniyoq mahalliy qabristonga dafn etildi.

Хайрулла Жалолов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:00 0:00
Бевосита линк

Ma’lum bo‘lishicha, 1953 yilda tug‘ilgan Odina Matkarimova uch qiz va ikki o‘g‘li, o‘nta nabirasi bo‘lgan.

O‘shlik huquq faoli Izzatilla Rahmatullaev Odina Matkarimovani 2010 yildan buyon yaxshi taniganini aytib berdi. U ayolning o‘limiga u bilan tortishgan o‘zbek chegarachilarni aybladi.

- Men xafa bo‘lgan joyim, o‘q yomg‘irlari ostida o‘lmagan opa O‘zbekiston chegarasida o‘lgani alam qilayapti. Juda yaxshi opa edi: 2010 yilning to‘polon kunlari yosh bolalarni, yaradorlarni ko‘tarib chiqqan. Shunda o‘lmagan opa shunday o‘lsa-ya! Tandir-tandir nonlarni yopib, bechoralarga tarqatgan insonparvar odam edi. Chegarada navbat kutib, o‘zbek chegarachilari o‘q otmay o‘ldirgan ayollar , qariyalar soni o‘ndan ortiq. Qo‘shni o‘lkalarda yashovchi etnik o‘zbeklar uchun ,tarixiy vatani bo‘lmish O‘zbekistonga qachon yo‘llar ochiladi? deya savol qo‘ydi Izzatilla Rahmatullaev.

Marhuma Odinaxon Matkarimovaning yaqinlari hanuzgacha nima sababdan O‘zbekistonga qayta kiritilmagani borasida ma’lumotga ega emasliklarini bildirishdi.

O‘zbekiston chegara xizmatida bu masalada bergan Ozodlik so‘roviga 3 kunlik muhlatda chegaradan chiqib ketgan xorijlik O‘zbekistonga qayta kiritilmasligini tasdiqlab berishdi.

- O‘zbekistonga telegramma yoki taklifnoma bilan kirib kelgan, ammo uch kunlik muhlatda chegaradan chiqib ketgan shaxs ortga kiritilmaydi. Qaytib kirishi uchun yana boshqa biror asos kerak, chunki telegramma bir marotaba kirishga beriladi, deya tushuntirdi O‘zbekiston Chegara xizmati navbatchi ofitseri.

Chegara xizmati vakili har bir chet ellik 3 kunlik muhlat davomida qaydga turishi, aks holda O‘zbekistondan chiqib ketishi kerakligini bildirdi.

XS
SM
MD
LG