Линклар

logo-print

Janubiy Ispaniyaning Kosta-del-Sol hududida joylashgan Estepona munitsipalitetidagi go‘zal sohilda qimmatbaho villalar joylashgan. U yerdagi hashamatli qasrlarning egalari orasida Gollivud yulduzlari, muvaffaqiyatli sportchilar hamda qit’aning siyosiy elitalari bor.

Ozodlik radiosi olib borgan surishtiruvlar Esteponadagi muklar egalari orasida Yevropaning urush qa’rida qolgan hamda korrupsiya keng tarqalgan davlatlaridan biri yetakchisi va uning yaqin hamkorlari borligini aniqladi.

Shu paytgacha Ukraina prezidenti Petro Poroshenko, “Petro Poroshenko bloki” partiyasi yetakchisining o‘rinbosari hamda prezidentning sobiq biznes hamkori Igor Kononenko hamda Ukaina xavfizlik hamda mudofaa kengashlari kotibi yordamchisi Oleg Xodorkovskiylarning Ispaniyadagi mulki sir saqlanib kelayotgan edi.

Bu shaxslarning uchalasi ham sohilda yoki uning yaqinida o‘rta asrlar stilida qurilgan qimmatbaho villaga ega. Kononenkoda esa hududda alohida yeri ham bor.

“Sxemalar” dasturi qo‘lga kiritgan hujjatlar Poroshenkoning Ispaniyada ro‘yxatdan o‘tgan shirkati 2008 yil yozida Esteponada 23 yil avval qurilgan villani sotib olganini ko‘rsatadi.

“Sxemalar” dasturi qo‘lga kiritgan hujjatlar Poroshenkoning Ispaniyada ro‘yxatdan o‘tgan shirkati 2008 yil yozida Esteponada 23 yil avval qurilgan villani sotib olganini ko‘rsatadi.

Ammo bu mulklarning birortasi ham rasmiylarning 30 oktabr kuni e’lon qilingan o‘zlariga tegishli mulklar haqidagi deklaratsiyalarida ko‘rsatilmagan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakatda shaffoflikni oshirish hamda korruptsiyani ozaytirish uchun rasmiylarni o‘z mulklarini ochiqlashga chaqirgan edi. Rasmiylarning Ispaniyadagi mulklari haqida Ozodlik radiosi ukrain xizmatining “Sxemalar” dasturi olib borgan surishtiruv davomida aniqlandi.

Poroshenko, Kononenko ahmda Xodorkovskiylar deklaratsiyalarida Ispaniyadagi uylarga egalik qiluvchi shirkatlar nomi ko‘rsatilgan xolos. Bu esa aholi ular haqida to‘liq ma’lumot olishiga to‘sqinlik qiladi.

Korrupsiya va yashirinlilik Ukrainada katta muammo bo‘lib, 2004-2005 yillardagi “apelsin rang revolyutsiya” hamda “Yevromaydon” namoyishlari ortidan yuzaga kelgan siyosiy stagnatsiyani keskinlashtirib keladi. G‘arb rasmiylari hamda xalqaro moliya institutlari bunday jinoyatlar haliyam davom etayotganini hamda bu hol Rossiya Qrimni anneksiya qilishi ortidan mamlakatga berib kelinayotgan millardlab dollar qiymatga ega yordamga tahdid solishini aytishmoqda.

“Sxemalar” dasturi qo‘lga kiritgan hujjatlar Poroshenkoning Ispaniyada ro‘yxatdan o‘tgan shirkati 2008 yil yozida Esteponada 23 yil avval qurilgan villani sotib olganini ko‘rsatadi. O‘sha paytda Poroshenko Ukraina Milliy banki kengashi yetakchisi bo‘lgan. Moliyaviy hujjatlarda ikki qavatli, 1254 m2 va o‘z basseyniga ega mulkning qiymati 4 million evro o‘laroq baholangan.

Kononenko hamda Xodorkovskiyga tegishli oq ustunli villalar Poroshenko mulkidan nariroqda joylashgan. Kononenkoda yana sohil bo‘yida alohida eri bo‘lib, u yerdagi imorat 2012 yil buzib tashlangan. Aftidan, u yerda yangi villa qurish rejalashtirilgan.

Qo‘shnilar u hududda Poroshenkoni ko‘rishganini tasdiqlashdi.

Poroshenko villasini qarovchi bog‘bon xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs prezident “villaga ikki kunga kelib, keyin ketadi”, dedi. “U bir-ikki kun dam oladi. Bir hafta yoki bir oy emas”.

Mart oyida “Ukraїnska pravda” xabar sayti Poroshenko Ispaniya dorixonasida dori sotib olib, oq Porscheda o‘z manziliga yo‘l olgani aks etgan suratlarni e’lon qilgan edi. Sayt yana o‘sha paytda prezidentning villasi, deb ishonilgan qasr suratlarini ham e’lon qilgan edi.

Biznesga aloqador maqsadlarda foydalaniladigan mulklarga shirkatlar orqali egalik qilish qonunga xilof emas. Shunday bo‘lsa-da, korruptsiyaga qarshi faollar bunday mulkni ochiqlashdan bosh tortish ochiqlash haqidagi talablarni mensimanslikka teng keladi hamda bu mulklar qanday qo‘lga kiritilgani haqida savol tug‘diradi, deb hisoblaydilar.

Kievda joylashgan “Antikorrupsiya markazi” nodavlat tashkiloti direktori Darьya Kalenyuk Ozodlik bilan suhbatda Poroshenko, Kononenko, hamda Xodorkovskiy villalarni o‘z deklaratsiyalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiqlamay Ukraina qonunlarini buzgani yoki yo‘qligini aniqlash uchun Korrupsiyaga qarshi Ukraina milliy agentligi mustaqil tergov olib borishi kerakligini aytdi.

“Agar shirkat villadan o‘z tijoriy maqsadlarida foydalanmasa, uni deklaratsiyada ko‘rsatish kerak edi”, dedi Kalenyuk.

Poroshenko ma’muriyati “Sxemalar” dasturi savollariga javoban “Petro Poroshenko yakuniy egasi bo‘lgan shirkatlar xorijda zavod, do‘kon, ombor, ma’muriy bino hamda uy kabi mulklarga ega. Bularning barchasi yuridik muassasa o‘laroq uning deklaratsiyasida “Korrupsiyaga qarshi qonun”ga muvofiq ravishda ko‘rsatilgan”, deb javob berdi.

Ukrainaning mulklarni ochiqlash haqidagi yangi qonunini g‘arb davlatlari hukumatlari olqishlab keladi.

Ammo Kalenyuk va boshqa faollar qonun o‘z kamchiliklariga ega eganligiga ishonadilar. Masalan, faolning aytishicha, qonundagi noaniq gaplar rasmiylarga o‘zlari boshqaruvchi shitkatlarga tegishli mulklarni ko‘rsatmaslik imkonini beradi.

Korrupsiyaga qarshi Ukraina milliy agentligi yetakchisi o‘rinbosari Ruslan Radetskiy “Sxemelar” jurnalistlari bilan suhbatda qonundagi gaplar etarlicha aniq ekanligini ta’kidladi. “[Deklaratsiya muallifi] o‘ziga tegishli barcha mulkni – shirkat orqali yoki shaxsan unga egalik qiladimi – ochiqlashi kerak”, dedi u.

Deklaratsiya bo‘yicha qonun mualliflaridan biri hamda parlamentning korruptsiyaga qarshi qo‘mitasi etakchisi Yegor Sobolev ham bu fikrga qo‘shiladi.

“Menimcha, Ukraina prezidenti “Korrupsiyaga qarshi qonun”ni buzganini ko‘rsatuvchi dalillar bor”, dedi Sobolev. “Prezident ma’muriyati vakillarining villaning egasi prezident emas, balki u boshqargan shirkatdir, degan izohi noto‘g‘ri”, deya qo‘shmcha qildi u.

Kristofer Miller, Natalka Sedletska

(Nodir Otaev tarjimasi)

XS
SM
MD
LG