Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:11

Samarqandda talabalar 60 kundan beri paxta termoqda


Talabalar sovuq va zax dalada paxta qolmaganiga qaramay¸ viloyat hokimi buyrug‘i bilan daladan qaytarilmayapti.
Talabalar sovuq va zax dalada paxta qolmaganiga qaramay¸ viloyat hokimi buyrug‘i bilan daladan qaytarilmayapti.

Samarqand viloyatidagi barcha oliy o‘quv yurtlarining 1-kursdan so‘nggi kursigacha bo‘lgan talabalari 15 sentabrdan beri paxta dalasidan qaytmadi. Ozodlikning Samarqand viloyati hokimligiga yaqin manbasi¸ viloyat paxta rejasini bajarmaguncha¸ dalada paxta qolmagan bo‘lsa-da¸ talabalar o‘qishga qaytmasligini bildirdi.

Ozodlikning Telegram xabarlar lentasiga samarqandlik talabalardan 15 noyabr kuni mana bu xat keldi:

Paxta qachon tugaydi? Biz o‘zi o‘qiymizmi yoki yo‘qmi? Toshkentdagi ayrim oliy o‘quv yurtlarida oraliq imtihonlar boshlandi¸ bizda esa hali o‘qish boshlanmadi. Biz oraliq va yakuniy imtihonlarni qanday topshiramiz? Buning oxiri yana korrupsiyaku!? Baholar qanday chiqadi? Mana o‘qishning 60 kuni ham o‘tib ketdi. Biz o‘tgan yili TDPIda o‘qirdik¸ keyin bizni majburiy o‘z viloyatimizga ariza ëzdirdi. O‘z viloyatiga kelganlarning ko‘pi hali o‘qish umuman boshlanmaganini aytayapti. Shu qatori bizda ham o‘qish yo‘q. Dalada umuman paxta yo‘q¸ bizni olib chiqishdan nima naf¸ shuni tushunmayapmiz. Bugun 60 kun bo‘ldi paxta teraëtganimizga”.

Bu murojaatda Samarqanddagi qaysi oliygoh talabalari haqida gap boraëtgani ochiq aytilmagani bois¸ Ozodlik muxbiri viloyatdagi aksar oliy o‘quv yurtlari ma’muriyatiga telefon qilib¸ talabalarning paxtadan qaytgan-qaytmaganini o‘rganishga urindi.

Viloyatdagi uch universitet ma’muriyati bilan suhbatlardan¸ Samarqand viloyatidagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalarining 1-kursidan bitiruvchi kurslariga qadar 15 noyabrdan beri paxtada ekani aniqlandi.

“15 sentabrda ketishgan. Payariq¸ Oqdaryoda paxta terishayapti. Qachon qaytishlarini biz ham bilmaymiz. Uch-to‘rt kundan keyin qaytib qolishar”¸ dedi Ozodlik muxbiri bog‘langan Samarqand universitetlaridan biri rektori yordamchisi.

Talabalarning qachon paxtadan qaytishini oliygoh rektoridan so‘rashning imkoni bormi¸ degan savolga bu ma’mur¸ “Rektorning o‘zlari ham paxtadalarku!” deya javob qaytardi.

Ozodlik suhbatlashgan Samarqand davlat universiteti rasmiysi¸ universitet talabalari ahvolining boshqa oliygohlardan yaxshiroq ekani¸ ularning uzoq tumanlarda yotib paxta termayotgani¸ kuniga avtobuslarda yaqin tumanlarga borib¸ kechqurun uylariga qaytayotganlarini ta’kidladi.

Uchinchi universitet vakili esa¸ viloyat bo‘ylab paxta dalalarida deyarli hosil qolmaganini hamma ko‘rib-bilib turgan bo‘lsa-da¸ Samarqand viloyati paxta rejasini bajarmagani uchun¸ talabalar dalada qolaëtganini aytdi.

“Viloyat hokimi shunaqa degan. Rejaga oz qoldi¸ 99 foizlarga etdiyoev. Reja to‘lsa¸ qaytib qolishar uch-to‘rt kunda”¸ dedi Ozodlik bog‘langan Samarqanddagi uchinchi oliygoh vakili.

Samarqand viloyati hokimligining Ozodlik suhbatlashgan bir necha rasmiysi¸ talabalarning qachon o‘qishga qaytishiga oid ma’lumotga ega emasliklarini bildirdilar.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va BMTning Xalqaro mehnat tashkiloti kuni-kecha o‘tkazgan qo‘shma seminarda bu yilgi paxta mavsumi monitoringi natijasida majburiy mehnatga barham berish borasida sezilarli ilgari siljish bo‘lgani iddao qilindi.

Ayni paytda¸ Kasaba uyushmalari federatsiyasining 15 noyabr kuni Ozodlik gaplashgan rasmiysi¸ Samarqand viloyatida o‘n minglab talabaning 60 kundan beri o‘qish o‘rniga paxta terayotganidan bexabarligini bildirdi.

“Bo‘lishi mumkin emas. Qaysi oliygoh¸ qaysi tumanda paxta terayotganini ayting¸ ertagayoq hammasini uyiga qaytaramiz”¸ dedi 15 noyabr kuni Ozodlik bog‘langan Kasaba uyushmalari federatsiyasi rasmiysi.

Samarqanddagi oliygoh talabalari 16 noyabr kuni yilt etgan tola qolmagan¸ sovuq va zax daladan o‘qishga qaytadimi-yo‘qmi¸ Ozodlik va’da ijrosini kuzatishda davom etadi.

XS
SM
MD
LG