Линклар

Iroqdagi asirlarni qatl qilgan IShID jallodi o‘zbek bolakay ekani aniqlandi


Yosh o‘zbek bola Iroqning Mosul shahrida qo‘lida pistolet bilan odamlarni o‘ldirmoqda

Yosh o‘zbek bola Iroqning Mosul shahrida qo‘lida pistolet bilan odamlarni o‘ldirmoqda

9 noyabr kuni IShID ga nisbat berilib tarqatilgan 14 minutlik videolavhada o‘zbek bolakay doxil 4 jallodning Mo‘sul shahrida asirlarni qatl qilgani aks etgan. Bola jallodning ismi videoda Abubakr – o‘zbekiy deb yozilgan. BMT inson huquqlari boshqarmasi matbuot kotibi Ravin Shamdasanining bildirishicha¸ oralarida 10 yashar o‘zbek bolakay ham bo‘lgan to‘rt IShID jallodi¸ ular nazarida “josus” deya bilingan to‘rt nafar asirni qatl qilishgan.

14 daqiqalik “qatl videosida” 10 yashar chamasi himoya rangli kiyim kiygan ko‘zoynakli bolakayning o‘zbek ekani iddao qilinadi. U norinj rang o‘lim kiyimini kiygan boshi taqir asirni to‘pponcha bilan otib o‘ldirgani aks etadi. Qatl oldidan Rossiyadan ekani aytilgan o‘spirin chechen aktsenti aralash rus tilida gapirib “Biz sizlarni uylaringizga borib o‘ldiramiz va har qanday ko‘ppak- Putin sizga ko‘mak bera olmaydi” deya ta’kidlaydi. Uchta kamera suratga tushirgan tasvir finalida qatl qilingan asirlarning ariqqa tushib ketgani aks etgan.

BMT voiziga ko‘ra¸ videotasvir haqiqatdan ham IShIDga oid:

“Bu konkret hodisa aks etgan videoning haqqoniyligini bizning Iroqdagi mutahassilarimiz aniqladi. Videoda to‘rt bolakay odamlarni otaëtgani aks etgan. Videoga ko‘ra asirlarni qatl qilgan bolakaylardan biri O‘zbekistondan¸ yana biri Rossiyadan va ikki nafari Iroqdan” deya bildirdi Ravin Shamdasani BMT radiosida qilgan chiqishida.

Ma’lum bo‘lishicha, Mo‘suldagi qatlda ishtirok etgan bolalar IShIDga oid “Halifat sherbachchalari” lagerining tarbiyalanuvchilaridir.

Mo‘suldagi qatl

Mo‘suldagi qatl

Ozodlik o‘tgan yili suhbatlashgan IShID safidagi o‘zbek jangarisi Muxtorovning aytishicha¸ bu bolalar “halifalikning kelajagi” o‘laroq "tarbiya" topmoqda.

Ota-onalariga ergashib Markaziy Osiëdan Shom diëriga kelib qolgan bu bolakaylarning IShID propagandasi uchun qurol bo‘laëtgani yangilik emas.

O‘tgan yil boshida IShID propagandasi qozoq bolakayning “josus”larni qatl qilganini namoyish qilgan edi.

Video oxiridagi tasvirda bola qozoq tilida ”Men kofirlarni bo‘g‘izlaydigan mujohid bo‘lishni orzu qilaman”¸ degan gapni aytgan edi.

Qotillikni ijro etgan bolakaylar Markaziy Osiëdan Suriyaga oilasi bilan borganlardan biri ekani taxmin qilinmoqda.

Mo‘suldagi qatl

Mo‘suldagi qatl

Ozodlik islomiy janggarilar safida jihod qilayotganlar orasida kamida 1000 nafar o‘zbek bolalari borligi haqida yozgan edi.

Ozodlik tasarrufidagi ma’lumotlarga ko‘ra¸ Pokistondagi o‘zbek qurolli guruhlari oilasida tug‘ilgan bolalardan ham mujohidlar yetishtirilmoqda.

Soldat bolalar muammosi bo‘yicha Moskvadagi universitetlardan birida tadqiqot olib borayotgan o‘zbek ruxshunosi Nargiza Abdullevaning mikrofonsiz suhbatiga ko‘ra¸ bu muammo ertaga O‘zbekiston uchun bosh og‘rig‘i bo‘ladigan masaladir:

-Urush va qatl dahshati bolalar shuuriga shok kabi ta’sir qilib ular ruhiyatini izdan chiqaradi. Ichki tormoz kabi vositalarni yo‘qqa chiaradi. Bunday bolalarni jamiyatga integratsiyasiz uzoq va qiyin jaraëndir. Lekin BMT ning YuNISEF dasturi asosida har yili Afrika va dunëning boshqa olovli nuqtalaridagi minglab soldat bolalar integratsiyasi bo‘yicha tajriba mavjud. Bu tajriba asosida o‘zbek bola soldatlarini ham jamiyatga qaytarish mumkin¸ deydi suhbatdosh. Unga ko‘ra bolaligi o‘yingoh emas¸ qonli janggohlarda kechayotgan bu bolalar o‘zbek jamiyati ertasi uchun tahdid sifatida ko‘rilmoqda.

XS
SM
MD
LG