Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:45

OzodTa’sir: Samarqandda talabalar paxtadan qaytarildi


Samarqandlik talabalr 16 noyabr kuni paxtadan qaytishdi.
Samarqandlik talabalr 16 noyabr kuni paxtadan qaytishdi.

15 noyabr kuni Ozodlik radiosi Samarqand viloyatidagi barcha oliy o‘quv yurtlari talabalarining 60 kundan beri paxta dalasida qolayotganiga e’tibor qaratishi ortidan¸ 16 noyabr kuni ertalab talabalar uyiga qaytarildi. Ozodlikka xabar yo‘llagan talabalarning aytishicha¸ 15 noyabr kuni kechga yaqin kutilmaganda o‘zlariga tongda ko‘rpa-to‘shakni yig‘ishtirib¸ avtobus kelishiga shay bo‘lib turish aytilgan.

15 noyabr kuni Ozodlik paxta rejasini hali bajarmagan Samarqand viloyatida hokim buyrug‘i bilan talabalarning dalada qolayotganini yoritdi.

Talabalarning 60 kundan beri majburan dalada qolayotgani haqidagi xabarni sharhlagan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rasmiysi “agar shu ma’lumot to‘g‘ri bo‘lsa¸ talabalarning ertagayoq uyiga qaytarilishini va’da qilgan edi”.

“Bo‘lishi mumkin emas. Qaysi oliygoh¸ qaysi tumanda paxta terayotganini ayting¸ ertagayoq hammasini uyiga qaytaramiz”¸ degan edi Kasaba uyushmalari federatsiyasi rasmiysi 15 noyabr kuni.

СамДУ талабалари пахтадан қайтмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:06 0:00

16 noyabr kuni Ozodlikka talabalardan yetib kelgan xabar va suratlarda¸ Samarqand talabalarining erta tongdan paxta terimidan shaharga qaytgani aks etdi.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va BMTning Xalqaro mehnat tashkiloti kuni-kecha o‘tkazgan qo‘shma seminarda bu yilgi paxta mavsumi monitoringi natijasida majburiy mehnatga barham berish borasida bu yil o‘tgan yillarga nisbatan sezilarli ilgari siljish bo‘lgani iddao qilindi.

XS
SM
MD
LG